Toshkentning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" bo‘lmaydi — manzillar

© Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar
Toshkent shahar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Ta’mirlash ishlari tufayli bugun Toshkentning Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududiy elektrtarmoqlari” xabar berdi.
Poytaxtning 4 ta tumanining 20 dan ortiq hududlari 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotidan vaqtincha uzildi.
Manzillar:
Chilonzor tumanining “Bog‘iston” va “Lutfiy” MFYlari ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Imon (Ma’rifat), Mevazor, Orasta hamda Taraqqiyot ko‘chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumanining “Sh.Burxonov”, “Katta qorasuv”, “Bo‘z”, “Alpomish”, “Podshobog‘” va “Yalong‘och” MFYlari hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;
Yashnobod tumanining Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To‘rtko‘l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko‘chalari hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Elektr ta’minoti iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida to‘xtatildi.
Yangiliklar lentasi
0