Saudiya shahzodasi AQSh bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini aytdi— OAV

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishSaudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, arxiv surat
Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
Agar AQSh Saudiya Arabistoniga nisbatan biror chora ko‘rsa, ar-Riyod Amerika bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qildi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud AQSh bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qildi, deb yozadi "The Washington Post".
Saudiya shahzodasining ushbu bayonoti AQSh Saudiyani neft qazib olish kvotalarini qisqartirgani uchun jazolash haqidagi tahdidlaridan keyin e’lon qilindi.
Gazeta eslatishicha, o‘tgan yilning oktabr oyida Jo Bayden AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar fonida OPEK+ning neft qazib olishni qisqartirish haqidagi qarori uchun Ssaudiya Arabistonini “ba’zi oqibatlarga” duch qilishi haqida ogohlantirgan edi. Riyod o‘z harakatlarini diplomatik bayonotlar bilan ochiqchasiga himoya qilgan bo‘lsa-da, valiahd shahzoda agar AQSh bunday yo‘l tutsa, Saudiya Arabistoni AQSh bilan munosabatlarini tubdan o‘zgartirishi va buning oqibatida Amerika katta iqtisodiy zarar ko‘rishini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Shahzodaning tahdidlari haqidagi ma’lumotlar AQSh razvedkasining maxfiy hujjatlari "Discord" dasturi orqali sizib chiqqan axborotlar qatorida ma’lum bo‘ldi.
Gazetaning suhbatdoshiga ko‘ra, Vashington ar-Riyod bilan hamkorlikni davom ettirmoqda va uni Yaqin Sharqdagi o‘zaro manfaatlarni ilgari surish bo‘yicha muhim hamkor deb biladi.
O‘tgan yil oktabr oyi boshida OPEK+ ittifoqiga kiruvchi neft qazib oluvchi davlatlar Qo‘shma Shtatlar ularni bunday qilmaslikka chaqirganiga qaramay, qazib olishni kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib olgandi. Vashingtonda bu qaror keskin tanqid qilindi - Qo‘shma Shtatlarning o‘zi G‘arb bilan qarama-qarshiligi fonida YeIga Rossiyadan neftni kamaytirishga yordam berish uchun Ar-Riyoddan ishlab chiqarish hajmini oshirishni so‘rayotgan edi. Keyin Oq uy Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini e’lon qildi va Bayden ularni o‘zgartirish kerakligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0