Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Qaysi NATO davlatlari Ukrainaga qo‘shin jo‘natadi?

© AP Photo / Olivier MatthysSotrudnik slujbi protokola popravlyayet ukrainskiy flag v shtab-kvartire NATO v Brussele 7-aprelya 2022 goda.
Sotrudnik slujbi protokola popravlyayet ukrainskiy flag v shtab-kvartire NATO v Brussele 7-aprelya 2022 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani NATOga qabul qilish, Polsha va Boltiqbo‘yidan u yerga qo‘shin yuborish — bu alyans sobiq bosh kotibi Rasmussening g‘oyalari.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen, blokning ayrim yevropadagi a’zolari Ukrainaga qo‘shin jo‘natishi mumkinligini bashorat qildi. Kiyevni o‘z qo‘shinlari bilan kimlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor, tahdid haqiqiymi va bu Rossiya uchun nimani anglatadi - RIA Novosti materialida.

Xavotirli ogohlantirish

2009 yildan 2014-yilgacha NATOni boshqargan Rasmussen prezident Potr Poroshenkoning norasmiy maslahatchisi bo‘lgan, Zelenskiy davrida uni qo‘li ostidagi maslahatchilar guruhini boshqargan. U, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab “demokratik qadriyatlar”ni targ‘ib qiluvchi notijorat Demokratiyalar Alyansi tashkilotining asoschisi sifatida ham tanilgan. Sobiq bosh kotib yaqinda Vashington va Yevropaning bir qancha poytaxtlarini qamrab olgan gastrol safarini yakunladi: u ittifoqning iyuldagi sammitiga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotganini bilmoqchi edi.
Vilnyusdagi ushbu yig‘ilishda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish va blokka a’zo bo‘lishini ta’minlash kerak, deb ishonadi u. Aks holda, mojaroning kuchayishi muqarrar.
Alyansdagi Amerikaning doimiy vakili Julianna Smit, o‘z navbatida, "Biz Ukrainani NATO bilan munosabatlarda ilgari surishning ko‘plab variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz", deb ishontirdi.
Rasmussenning so‘zlariga ko‘ra, harbiy blokning ayrim a’zolari “Ukraina Qurolli kuchlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko‘rsatish uchun Ukraina hududiga qo‘shin yuborishi mumkin”.

Kiyevni kim himoya qiladi

"Bu vaziyatda Polsha faollikni kuchaytirishini istisno qilmayman va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ham o‘z qo‘shinlarini yuborish ehtimoli bor. Agar Ukraina Vilnyusda hech narsaga erisha olmasa, polyaklar bunday koalitsiya tuzish haqida jiddiy o‘ylab ko‘radilar", - dedi Rasmussen.
- O‘z navbatida Kiyev ham, deya davom etdi daniyalik, bevosita harbiy yordam so‘rab xayrixoh davlatlarga murojaat qilishi mumkin va bu mutlaqo qonuniy bo‘ladi.
Lekin Ukraina hozircha bunga ishonmayapti. Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rasmussenning so‘zlariga izoh berarkan, televidenie orqali “Qurolli to‘qnashuv tugamaguncha, xorijiy davlatlar qo‘shin jo‘natmaydi”, dedi.
Xavfsizlik kafolatini Shtatlar Kiyevga o‘tgan yiliyoq bergan edi. NATOning boshqa a’zolari ham xuddi yo‘ldan borishga tayyor ko‘rinadi. Germaniya kansleri Olaf Shols may oyida G7 sammiti doirasida bergan intervyusida harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham Ukrainani zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga tayyorligini bildirgan edi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ham kafolatlar bo‘yicha rasmiy kommunike e’lon qildi.
Rasmussenning so‘zlariga ko‘ra, barcha kafolatlar yozma shaklda bo‘lishi va NATO sammiti oldidan Kiyevga yetkazilishi muhim. Ammo u ogohlantirdi: bu yetarli emas. Ukraina kelajagini hali muhokama qilish kerak bo‘ladi.
"Men Sharqiy Yevropaning bir qancha yetakchilari bilan gaplashdim. Ular Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini talab qilmoqda", - dedi Rasmussen.
Vilnyusda rasmiy taklif berishning iloji bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda keyingi yilgi sammitda (Vashingtonda) va’da berish mumkin. Sobiq bosh kotibning aytishicha, Kiyevga Shvetsiya va Finlyandiya kabi soddalashtirilgan tartib kerak. Skandinaviyaliklar "individual reja"ni ishlab chiqish kabi oraliq bosqichlardan xalos bo‘lishdi. "Bundan kami taklif qilinsa — ukrainaliklarning hafsalasi pir bo‘ladi", deb ta’kidladi daniyalik siyosatchi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv

RIA Novosti bilan suhbatlashgan ekspertlar sobiq bosh kotibning Yevropa qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi mumkinligi haqidagi bayonotlari Rossiya uchun xavotirli signal ekanligiga qo‘shiladi.
“Rasmussen aytgan istiqbol NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvni anglatadi, - deydi Harbiy-siyosiy tahlil burosi eksperti Pavel Kalmikov. “U o‘z so‘zlari qanday reaksiyaga sabab bo‘lishini juda yaxshi tushunadi. Bu navbatdagi provokatsiya. Maqsad — atrofdagilar reaksiyasini sinab ko‘rish. Biz NATOning kichik yordami — ratsiya va bronjiletlar keyinchalik tanklar va samolyotlarga aylanganining guvohi bo‘ldik.
Rossiya Fanlar akademiyasi IMEMO instituti Yevropa tadqiqotlari markazining katta ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko bayonotning boshqa ma’nosiga ishora qildi.
"Shubhasiz, Rasmussen Qo‘shma Shtatlar nuqtayi nazarini bildirmoqda, — deydi ekspert. "Vashington Ukrainani NATOga yaqinlashtirish va ushbu maqsadda harbiy harakatlar paytida unga qandaydir xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishdan ko‘proq manfaatdor. Bu amerikaliklarning strategiyasi va ular hozir G‘arb ittifoqchilarini ham bunga yanada chuqurroq jalb qilishmoqchi.
Mantiq oddiy: agar yevropaliklar Rossiya bilan keng ko‘lamli mojaro bo‘lishini istamasalar, Kiyevga hozir yordam bergan ma’qul.
Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga kelsak, bular Amerika ta’sirining vositalari, deb ishonadi Olenchenko. Qo‘shin kiritish kerak bo‘lsa, ular tegishli ko‘rsatma oladi.
"Moskva uchun bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Ishonamanki G‘arb uchun ham. Bu uchinchi jahon urushi sari amaliy qadamdan boshqa narsa emas", - deydi siyosatshunos.
Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari jahon siyosatining subyektlari emas, Vashington va Brussel ularni behuda sarflashi mumkin, xuddi hozir Ukraina bilan sodir bo‘layotgandek, deya qo‘shimcha qiladi u. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanish masalasi ham jiddiy ravishda paydo bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0