Moskvadagi sayyohlik festivalida O‘zbekiston qanday taqdim etildi — video

Obuna bo‘lish
Moskvaliklarda O‘zbekiston ekspozitsiyasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Respublika stendi nimaga bag‘ishlangan va u festival ishtirokchilarini nimasi bilan jalb qilmoqda – batafsil videomizda
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 8-iyun kuni Moskvadagi VDNXda boshlangan Rossiyaning “Puteshestvuy!” (“Sayohat qil!”) sayyohlik festivalida qatnashmoqda.
Festival 11-iyunga qadar davom etadi. Bu yerda Rossiya mintaqalari, xorijiy mamlakatlar, sayyohlik kompaniyalarning 50 tadan ziyod stendini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Bu yil Qirg‘iziston festivalning hamkor mamlakati bo‘ldi. Respublika vakillari mamlakatning sayyohlik salohiyati va eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishmoqda.
O‘zbekiston ham an’anaga ko‘ra o‘z stendini taqdim etgan. Filippin va Saudiya Arabistoni ham unda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston festivalning hamkor mamlakati bo‘lgan edi. To‘rt kun davomida tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, madaniyati, urf-odatlari va hunarmandlari san’atlari bilan tanishishgandi. O‘zbekiston stendi oldidan odamlar arimagan.
Yangiliklar lentasi
0