https://oz.sputniknews.uz/20230609/mirziyoev-milanda-toqimachilik-korgazmasiga-35869608.html
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident ko‘rgazmada dunyoning yetakchi yigirish va to‘qish uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi ularning rahbarlari bilan muloqotda bo‘ldi.
2023-06-09T22:35+0500
2023-06-09T22:35+0500
2023-06-09T22:35+0500
shavkat mirziyoyev
italiya
to‘qimachilik
ko‘rgazma
siyosat
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/09/35868859_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_82c2bd9996c609d22e263428bee84133.jpg
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdiTOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida shu kunlarda Milan shahrida o‘tayotgan “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Prezidentga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va ko‘rgazma tashkilotchisi – “Sematex” agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi.Shavkat Mirziyoyev yigirish va to‘qish uskunalarini ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi bo‘lgan “ITEMA” (Italiya), “Stäubli Group” (Shveysariya), “Picanol”, “Vandewiele” (Belgiya) va boshqa kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi va kompaniya rahbarlari bilan muloqot qildi, yangi texnologik yechimlarning taqdimotlari bilan tanishdi.Prezident robototexnika va sun’iy intellektdan foydalangan holda yangi, talab yuqori bo‘lgan “super-materiallar” yaratish maqsadida yurtimizda matoga ishlov berish uchun eng zamonaviy uskunalar va innovatsion yechimlarni joriy qilish istiqbolli ekanini qayd etdi.Tashrif yakunida prezident mutasaddi rahbarlarga O‘zbekistonda uskunalarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini relokatsiya qilish va o‘quv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.“ITMA 2023” – har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan to‘qimachilik va tikuvchilik texnologiyalariga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik ko‘rgazma. Oxirgi ko‘rgazma 2019-yilda Barselona shahrida o‘tdi. Joriy yilda 20 gektar maydonni egallagan ko‘rgazmada 47 mamlakatdan 1 700 ishtirokchi hamda turli davlatlardan 100 ming nafarga yaqin mehmon ishtirok etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/09/35868859_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cdbdc10f792b0468c183c9b6e0dda8fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev prezident ko‘rgazma to‘qimachilik milan italiya rasmiy tashrif
mirziyoyev prezident ko‘rgazma to‘qimachilik milan italiya rasmiy tashrif
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Prezident ko‘rgazmada dunyoning yetakchi yigirish va to‘qish uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi ularning rahbarlari bilan muloqotda bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Milanda to‘qimachilik ko‘rgazmasiga tashrif buyurdiTOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida shu kunlarda Milan shahrida o‘tayotgan “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Prezidentga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va ko‘rgazma tashkilotchisi – “Sematex” agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi.
Shavkat Mirziyoyev yigirish va to‘qish uskunalarini ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi bo‘lgan “ITEMA” (Italiya), “Stäubli Group” (Shveysariya), “Picanol”, “Vandewiele” (Belgiya) va boshqa kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi va kompaniya rahbarlari bilan muloqot qildi, yangi texnologik yechimlarning taqdimotlari bilan tanishdi.
Prezident robototexnika va sun’iy intellektdan foydalangan holda yangi, talab yuqori bo‘lgan “super-materiallar” yaratish maqsadida yurtimizda matoga ishlov berish uchun eng zamonaviy uskunalar va innovatsion yechimlarni joriy qilish istiqbolli ekanini qayd etdi.
Tashrif yakunida prezident mutasaddi rahbarlarga O‘zbekistonda uskunalarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini relokatsiya qilish va o‘quv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.
“ITMA 2023” – har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan to‘qimachilik va tikuvchilik texnologiyalariga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik ko‘rgazma. Oxirgi ko‘rgazma 2019-yilda Barselona shahrida o‘tdi. Joriy yilda 20 gektar maydonni egallagan ko‘rgazmada 47 mamlakatdan 1 700 ishtirokchi hamda turli davlatlardan 100 ming nafarga yaqin mehmon ishtirok etmoqda.