https://oz.sputniknews.uz/20230609/garb-moldovani-ikkinchi-ukrainaga-aylantirmoqchi-35858869.html
G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi — Rossiya TIV
G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi — Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Kishinyov ko‘r-ko‘rona G‘arbning orqasidan ergashib, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarida ishtirok etmoqda, Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqda.
2023-06-09T17:53+0500
2023-06-09T17:53+0500
2023-06-09T18:05+0500
dunyoda
moldova
g‘arb
aqsh
siyosat
rossiya
sanksiya
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26915757_151:0:2919:1557_1920x0_80_0_0_3dc2a2826345281aac25c04464c0e7b9.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi, Kishinyov esa unga ko‘r-ko‘rona ergashapti, dedi “Rossiya 24” telekanaliga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin.Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kishinyov ko‘r-ko‘rona G‘arbning orqasidan ergashib, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarida ishtirok etmoqda, Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqda. Ammo Rossiya Moldova bilan munosabatlarda keskinlashtirgani yo‘q, va "bu Rossiyaning uslubi emas", - dedi u. Moskva Kishinyovning NATO va Yevropa Ittifoqi bilan harbiy-siyosiy sohada hamkorligi oshganidan bir necha bor xavotir bildirgan edi. May oyining oxirida Yevropa Ittifoqi Moldovada fuqarolik hamkori missiyasini ishga tushirdi. Yevropa Ittifoqining maqsadi Moldova siyosatida G‘arbga xayrixohlikni mustahkamlash va Rossiya bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishdan iborat. Shu bilan birga, Moldova hukumati Rossiya bilan an’anaviy tarzda yaxshi munosabatlardan manfaatdor bo‘lgan. Moldova aholisi ham “Rossiya tahdidi” haqidagi mish-mishlarga ishonmaydi. Lekin hozirgi hukumat aholining manfaatlari va kayfiyatini e’tiborsiz qoldirmoqda.
moldova
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26915757_367:0:2522:1616_1920x0_80_0_0_da4fa362370d16c122ce0691c18a4efa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moldova g‘arb kishinyov aqsh rossiyaga sanksiyalar
moldova g‘arb kishinyov aqsh rossiyaga sanksiyalar
G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi — Rossiya TIV
17:53 09.06.2023 (yangilandi: 18:05 09.06.2023) Kishinyov ko‘r-ko‘rona G‘arbning orqasidan ergashib, sanksiyalarda ishtirok etmoqda va Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqda - TIV.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi, Kishinyov esa unga ko‘r-ko‘rona ergashapti, dedi “Rossiya 24” telekanaliga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin.
“G‘arb mutlaqo mas’uliyatsiz va mutlaqo uzoqni ko‘ra bilmasdan Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi. Afsuski, Moldovaning hozirgi rahbariyati bu ishda faol ishtirok etmoqda”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kishinyov ko‘r-ko‘rona G‘arbning orqasidan ergashib, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarida ishtirok etmoqda, Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqda.
Ammo Rossiya Moldova bilan munosabatlarda keskinlashtirgani yo‘q, va "bu Rossiyaning uslubi emas", - dedi u.
Moskva Kishinyovning NATO va Yevropa Ittifoqi bilan harbiy-siyosiy sohada hamkorligi oshganidan bir necha bor xavotir bildirgan edi. May oyining oxirida Yevropa Ittifoqi Moldovada fuqarolik hamkori missiyasini ishga tushirdi. Yevropa Ittifoqining maqsadi Moldova siyosatida G‘arbga xayrixohlikni mustahkamlash va Rossiya bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishdan iborat. Shu bilan birga, Moldova hukumati Rossiya bilan an’anaviy tarzda yaxshi munosabatlardan manfaatdor bo‘lgan. Moldova aholisi ham “Rossiya tahdidi” haqidagi mish-mishlarga ishonmaydi. Lekin hozirgi hukumat aholining manfaatlari va kayfiyatini e’tiborsiz qoldirmoqda.