Har kuni iste’mol qilish kerak bo‘lgan 10 ta sabzavotni bilasizmi?
© unsplash.com/Sharon PittawayEng foydali sabzavotlar
Obuna bo‘lish
Inson uchun kerakli asosiy vitaminlarni ushbu keng tarqalgan sabzavotlarda topish mumkin. Eng foydali sabzavotlar bilan quyida tanishing.
O‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan odamning ratsioni vitaminlar va minerallarga boy bo‘lishi kerak. Zarur vitaminlar va foydali elementlarni quyidagi sabzavotlar tarkibidan topish mumkin.
Sabzi
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
/ Sabzi. Cabzi tarkibida V, RR, S, E, K guruhlari vitaminlar bor. Bundan tashqari, uning tarkibida karotin bor, u inson organizmida A vitaminiga aylanadi. Bu ko‘z uchun juda zarur modda hisoblanadi. Sabzi, shuningdek, oshqozon osti bezlarining zarda chiqarish jarayonlarini faollashtiradi, tonik ta’sirga ega va inson immunitet tizimini faollashtiradi.
Pomidor
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Pomidor. Pomidor S vitamini, kaliy, foliy kislotasi va K vitaminiga boy, lekin pomidorlarning eng qimmatli xususiyati — ular kuchli antioksidant va likopen moddasining asosiy manbai hisoblanadi. Likopen — yurak xastaliklari va saraton xavfini kamaytiradi. Ushbu moddaning ko‘pi kerak emas, inson organizmi ushbu moddaning ozgina qismini qayta ishlashga qodir. Mutaxassislar kuniga 22 mg tavsiya qiladilar. Buning uchun ikki osh qoshiq tomat puresini yoyish kifoya.
Piyoz. Bu sabzavot bizni shamollashdan himoya qiluvchi tabiiy antibiotikdir. Uning tarkibidagi fitonsidlar viruslarga qarshi kurashadi va yuqori nafas yo‘llarini mustahkamlaydi. Ular ko‘p sonli mikroblarni, jumladan streptokokklar, dizenteriya, difteriya va sil tayoqchalarini o‘ldiradi. Shuning uchun, kuz va qishda biz piyozni kundalik ratsionga kiritamiz!
Chesnok
© Sputnik / Mariya Devaxina
/ Sarimsoq. Uzoq vaqt davomida superfood hisoblangan sabzavot. Darhaqiqat, sarimsoq tarkibida ko‘p miqdorda allitsin mavjud bo‘lib, u juda ko‘p dorivor xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, sarimsoq xolesterin va qon bosimini kamaytirishga qodir va ayni paytda u nol kaloriya tarkibiga ega.
Brokkoli. Uning tarkibida ozuqa tolasi, oqsil, kalsiy, kaliy, S vitamini miqdori sabzavotlarga qaraganda ko‘proq. Shu bilan birga, ushbu yashil gul muzlatilgan hoda ham o‘z foydali xususiyatlarini saqlab qola oladi. Shuning uchun, iloji boricha tez-tez brokkoli yeyishga harakat qiling.
© © RIA Novosti / Vitaliy Timkiv/Pereyti v mediabankBaqlajon
Baqlajon
© © RIA Novosti / Vitaliy Timkiv/Pereyti v mediabank
Baqlajon. Tarkibida ko‘p miqdorda ozuqa tolasi bor, bu toksinlar bilan birga tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi. Shuningdek, eruvchan shakar, pektin, oqsillar, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, magniy, natriy, S, B1, B2, B5, RR vitaminlariga ham boy. Aytmoqchi, RR vitamini nikotinga qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kerak.
Kabachok
© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Kabachok. Ushbu sabzavotning ozuqa tolasi toksik moddalarni, ortiqcha xolesterinni va suvni o‘ziga so‘rib oladi va tanani tozalaydi. Shuningdek, ushbu sabzavot ovqat hazm qilish jarayonini faollashtiradi, oshqozon va ichaklarning motor va sekretor funksiyalarini yaxshilaydi. Shunday qilib, agar siz vazn tashlashga qaror qilsangiz — kabachok qovoq sizga yordam beradi!
© Sputnik / Aleksey PanovBolgar qalampiri
Bolgar qalampiri
© Sputnik / Aleksey Panov
Bolgar qalampiri. S vitamini miqdori bo‘yicha u namatak va qora smorodinadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va sabzavotlar orasida u mutlaq chempion hisoblanadi. Qalampirda yurak va qon tomirlarining ishini qo‘llab-quvvatlaydigan noyob P vitamini ham mavjud.
© East FruitKaram
Karam
© East Fruit
Karam. Ovqat hazm qilish tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, metabolizmni rag‘batlantiradi, tanani yumshoq tozalaydi, toksinlar va xolesterinni olib tashlaydi. Bundan tashqari, atigi 100 gramm yangi yoki tuzlangan karam sizni 69 mg S vitamini bilan ta’minlaydi. Kuz-qish davrida aynan kerakli yegulik!
Lavlagi. Bu sabzavot tabiiy shakar manbai hisoblanadi. Shirin ildizli ekin vitaminlar va mikroelementlarga, jumladan yod, magniy, kaliy, kalsiy, temir va fosforga boy. Lavlagi ovqat hazm qilish va metabolizmni yaxshilaydi, organizmdan toksinlarni olib tashlaydi, oshqozon, jigar va yurak-qon tomir tizimining ishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.