AQSh generali ko‘p qutbli dunyoda uchta eng qudratli davlat nomini aytdi

© AP Photo / Alex BrandonMark Milli. Arxiv surat
Mark Milli. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
General Mark Milli: rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoda AQSh, Rossiya va Xitoy qudratli davlatlar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoda AQSh, Rossiya va Xitoy qudratli davlatlar sifatida namoyon bo‘lmoqda, dedi AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli Milliy mudofaa universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida.

"Sovuq urush davrida ikkita qudratli davlat bor edi. Berlin devori qulagandan keyin, AQSh yagona qudratli davlat bo‘lib qolgan davr <...> bo‘ldi. Bugungi kunda biz kamida uchta qudratli davlatlar mavjud bo‘lgan ko‘p qutbli dunyoda ekanligimiz ayon bo‘lmoqda – AQSh, Rossiya va Xitoy", - dedi general.

Bundan tashqari, Millining ta’kidlashicha, boshqa ko‘plab davlatlar ham mintaqada yetakchi o‘rinlarni egallab, jahon yetakchiligi ambitsiyalari haqida ochiq gapira boshlamoqda.
General, shuningdek, Xitoy “ham AQShga, ham uning qo‘shnilariga qarshi turishga” intilayotganiga amin. Pekin yaqin o‘n yil ichida Osiyo mintaqasida mintaqaviy gegemonga aylanish, shuningdek, joriy asrning o‘rtalariga kelib AQShdan ham o‘tib ketadigan harbiy qudratga ega bo‘lish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0