https://oz.sputniknews.uz/20230608/ukraina-tungi-hujumi-katta-yoqotishlar-35827625.html
Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi — video
Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi — video
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan tunda amalga oshirilgan hujum natijasida Ukraina Qurolli kuchlari 350nafar harbiylari, 30ta tank va 11ta BMP yo‘qotdi.
2023-06-08T21:35+0500
2023-06-08T21:35+0500
2023-06-09T12:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35617207_0:118:3219:1929_1920x0_80_0_0_071a8557052f74d05ee9a477f1bb4574.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari navbatdagi hujumni amalga oshirishga urindi, lekin katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu bayonot berdi:Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining Zaporojye yo‘nalishdagi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Romanchuk aytishiga ko‘ra, dushmaning ilk yo‘qotishlari mina maydonlarida sodir bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, kecha 7-iyun kuni sodir bo‘lgan jangovar harakatlarda Ukraina Qruolli kuchlari 945 nafar askar, 33 ta tank, 28 ta BMP, 38 ta zirhli jangovar mashina, 3 ta Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va boshqa qurol-yarog‘larini yo‘qotgan edi.
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35617207_370:28:2794:1846_1920x0_80_0_0_bfb894dad3b93d035afff7bacf32f35a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina qurolli kuchlari hujum harbiylar tank bmp dxr zaporoje maxsus operatsiya mudofaa vazirligi rossiya
ukraina qurolli kuchlari hujum harbiylar tank bmp dxr zaporoje maxsus operatsiya mudofaa vazirligi rossiya
Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi — video
21:35 08.06.2023 (yangilandi: 12:18 09.06.2023) O‘tgan tunda amalga oshirilgan hujum natijasida Ukraina Qurolli kuchlari 350nafar harbiy, 30ta tank jumladan 3ta "Leopard" va 11ta BMP yo‘qotdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari navbatdagi hujumni amalga oshirishga urindi, lekin katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu bayonot berdi:
Zaporojye yo‘nalishida bugun soat 1:30 da dushman 1500 shaxsiy tarkib va 150 zirhli texnikadan iborat 47-mexanizatsiyalashgan brigada qo‘shinlari bilan mudofaamizni yorib o‘tishga urindi.
Dushman harakatlari razvedka kuchlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, ularga artilleriya, aviatsiya va tankga qarshi qurollardan zarba berildi.
Ikki soat davom etgan jang natijasida dushman 30 ta tank, 11 ta piyoda jangovar texnikasi, 350 tagacha askar yo‘qotdi. Yo‘q qilingan tanklar orasida Germaniyaning 3 ta "Leopard"lari ham bor.
Dshmanning ushbu hujum uchun maxsus tayyorlangan zaxira kuchlari o‘z vazifalarini bajara olmadi, va ular chekinishga majbur bo‘lishdi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining Zaporojye yo‘nalishdagi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Romanchuk aytishiga ko‘ra, dushmaning ilk yo‘qotishlari mina maydonlarida sodir bo‘lgan.
"Dushman minalangan maydonlarni kesib o‘tishga urinayotganda birinchi jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Dushmanning to‘rtta tanki mina maydonlarida portlatilgan, bitta minalardan tozalash mashinasi ham yo‘q qilindi. Yo‘qotishlarga uchragan dushman yana hujumni to‘xtatdi va qolgan kuchlari bilan orqaga chekindi", - dedi harbiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha 7-iyun kuni sodir bo‘lgan jangovar harakatlarda Ukraina Qruolli kuchlari 945 nafar askar, 33 ta tank, 28 ta BMP, 38 ta zirhli jangovar mashina, 3 ta Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va boshqa qurol-yarog‘larini yo‘qotgan edi.