Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tankka qarshi kvadrotsikl: tezkor mobil brigada qanday ishlaydi — video

Obuna bo‘lish
Tank qiruvchilari: tankga qarshi mobil bo‘linmalarning jangovar faoliyatidan lavhalar.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Tankka qarshi mobil guruhlar Ukraina qo‘shinlari hujumlarini qaytarishga katta hissa qo‘shmoqda.
Ular yo‘llar yo‘q joyda ham tezkor harakatlanuvchi transport vositalariga ega bo‘lib, dushman zirhli texnikasiga yaqin joylarda ishlaydi. Nishonga yetarlicha yaqin masofaga kelib unga qo‘l granatomotidan zarba beradi.
O‘rmondan chiqqan Ukraina zirhli transportori Rossiya tezkor zarba beruvchi guruhini payqashga ulgurmadi. Mobil guruh o‘z ishini bajarib, tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Eng qiyin nishon - bu tanklar. Ularning old himoyasi odatda kuchli bo‘ladi, shu sababli guruh tanklarni yon tomniga zarba berishga harakat qiladi. Ushbu guruh allaqachon dushmanning 2ta tanki va 2ta BTRini yo‘q qilgan.
Janubiy Donesk yo‘nalishida vazifalarni bajarayotgan yigitlar bo‘sh vaqtlarida o‘z transport vositalarini imkon qadar jang sharoitiga moslashtiradilar.
Yangiliklar lentasi
0