O‘zbekistonning turizm salohiyati Janubiy Xitoyda o‘tkazilgan ko‘rgazmada namoyish etildi

© "Dunyo" IAJanubiy Xitoyda o‘tkazilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Janubiy Xitoyda o‘tkazilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Xitoyning Guanchjou shahridagi diplomatlari joriy yilning 2-4 iyun kunlari “Guangdong 21st Century China Processing Trade Products Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
“Guangdong 21st Century China Processing Trade Products Fair” ko‘rgazmasi Xitoy Savdo vazirligi, Guandun provinsiyasi hukumati tomonidan tashkil etildi. Xalqaro yarmarkada Xitoy kompaniyalaridan tashqari 50 ga yaqin xorijiy davlatdan kelgan korxonalar o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.
Pavilonlarda Xitoyning digitalizatsiya, elektron savdo, xalqaro aloqalar va ishlab chiqarish sanoatidagi so‘nggi yutuqlari ham namoyish etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning turizm, investitsiya imkoniyatlari va eksport salohiyati, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat, qandolat, quritilgan sabzavotlar, hunarmandchilik mahsulotlari taqdim etildi.
Tadbir doirasida Xitoyning 10 dan ortiq kompaniyalari bilan o‘zbek milliy mahsulotlarini Janubiy Xitoy provinsiyalari bozoriga eksport qilish va O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma yakunida navbatdagi “Guangdong 21st Century China Processing Trade Products Fair” ko‘rgazmasida O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari va eksportorlarining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0