https://oz.sputniknews.uz/20230608/ozbekiston-rossiya-universitet-filiallari-35813543.html
O‘zbekistonda Rossiyaning yana 7 ta universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda Rossiyaning yana 7 ta universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 46 ming nafarni tashkil etadi, O‘zbekistonda Rossiyaning 14 ta oliy o‘quv yurti filiallari ochilgan. Yana 7 tasi ochilishi rejalashtirilyapti
2023-06-08T13:28+0500
2023-06-08T13:28+0500
2023-06-08T13:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston - rossiya
otm
o‘zbekiston oliy majlisi senati
dog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766414_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2bc09d7e63e6a51dd1e22088b945957b.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning yana 7 ta universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Senati axborot xizmati xabar bermoqda.Maxachqa’la shahrida (Dog‘iston) Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining hamkorlik bo‘yicha komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilish ishtirokchilari Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakat fuqarolari uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida budjetdan ajratilgan kvotalar sonini ko‘paytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.O‘zbekistonda Rossiya OTMlarida tahsil olishga bo‘lgan talab yuqori. Rossiya har yili o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya universitetlarida ta’lim olish uchun ajratiladigan budjet kvotalari sonini izchil oshirib borapti. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 800 o‘ringacha oshgan.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO va boshqalarning filiallari respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20221227/malginov-rossiya-talimi---bu-brend-31071734.html
dog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766414_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_6a43ad025c2cb5f20576e7cc425249eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya universiteti filiallari
o‘zbekiston rossiya universiteti filiallari
O‘zbekistonda Rossiyaning yana 7 ta universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda
Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning yana 7 ta universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Senati axborot xizmati
xabar bermoqda. Maxachqa’la shahrida (Dog‘iston) Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining hamkorlik bo‘yicha komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 46 ming nafarni tashkil etadi, O‘zbekistonda Rossiyaning 14 ta oliy o‘quv yurti filiallari ochilgan. Yana 7 tasi ochilishi rejalashtirilyapti”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilish ishtirokchilari Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakat fuqarolari uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida budjetdan ajratilgan kvotalar sonini ko‘paytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
O‘zbekistonda Rossiya OTMlarida tahsil olishga bo‘lgan talab yuqori. Rossiya har yili o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya universitetlarida ta’lim olish uchun ajratiladigan budjet kvotalari sonini izchil oshirib borapti. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 800 o‘ringacha oshgan.
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO va boshqalarning filiallari respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.