Ostonada terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

© Senat Oliy MajlisaYevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlarining II forumi
Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlarining II forumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Narimon Umarov terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida fikr bildirdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlarining II forumida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 6-iyun kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining 38-yalpi majlisi doirasida Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlari ixtisoslashgan qo‘mitalari vakillarining II forumi o‘tkazildi.
© Senat Oliy MajlisaYevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlarining II forumi
Senator prinyal uchastie vo II Forume parlamentov gosudarstv-chlenov Yevraziyskoy gruppi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar parlamentlarining II forumi
Forumda Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Belarus parlamentlari, shuningdek, BMTning terrorizmga qarshi kurash bo‘limi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Parlament Assambleyasi vakillari ishtirok etdi.
Forumda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh tavsiyalarini milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish muhokama qilindi. Shuningdek, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalari haqida so‘z bordi.
Narimon Umarov terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida fikr bildirdi.
Forum yakunida Deklaratsiya qabul qilinib, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir qonunchilikni uyg‘unlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgan choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0