YeOTB O‘zbekistonda quyosh energetikasiga sarmoya kiritishni o‘ylamoqda

© Turakurganskaya TES Quyosh panellari, arxiv foto
Quyosh panellari, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
YeOTB O‘zbekistonda ko‘p millionli quyosh elektr stansiyasi qurishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ayni damda loyiha baholash bosqichida.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasi qurishga sarmoya kiritishi mumkin. Bu haqida 8-9 iyun kunlari Sochida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo kongressi’23 tadbirida ma’lum bo‘ldi.

"Tajriba loyihaning qiymati 30 million dollarni tashkil etadi. Bunda bankning ishtiroki 21 million dollar bo‘ladi. Kelajakda loyihaning umumiy quvvati 2000 MVtga yetishi, kapital xarajatlari esa — 1,2 mlrd dollargacha o‘sishi kutilmoqda. Ayni damda loyiha YeOTB tomonidan baholash bosqichida turibdi", - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu MDHda elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakuniy iste’molchiga sotish huquqiga ega birinchi loyiha bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirishda YeOTB Armanistonda quyosh energetika sohasida amalga oshirilgan loyihalar tajribasi va texnologiyalardan foydalanadi. Ma’lumot uchun, YeOTB Armanistonda 2017-yildan buyon quyosh energetikasi sohasida bir necha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda sarmoyalarning umumiy miqdori 650 mln dollar, quyosh elektr stansiyalar quvvati 600 MVtga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0