https://oz.sputniknews.uz/20230608/avtovaz-lada-vestaning-yangi-modelini-taqdim-etdi-35817746.html
"AvtoVAZ" "Lada Vesta"ning yangi modelini taqdim etdi
"AvtoVAZ" "Lada Vesta"ning yangi modelini taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston
Kuzovi uzaytirilgan va komfort darajasi oshirilgan avtomobil birinchi navbatda davlat idoralari uchun mo‘ljallangan.
2023-06-08T16:28+0500
2023-06-08T16:28+0500
2023-06-08T16:47+0500
rossiya
o‘zbekiston
avto
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35817228_0:159:3078:1890_1920x0_80_0_0_0e9b0355d934ee8fb3bf994869787669.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sochida bo‘lib o‘tayotgan "Yevroosiyo — bizning uyimiz" ko‘rgazmasi doirasida "AvtoVAZ" konserni "Lada Vesta"ning yangi modelini taqdim etdi. RIA Novosti xabariga asosan."Lada Vesta Aura" — bu "Lada Vesta"ning 25 sm ga uzaytirilgan versiyasi bo‘lib, uning orqa o‘rindig‘ida joy ancha kengaygan. Ushbu model birinchi navbatda amaldorlar va turli davlat tuzilmalari uchun foydalanishi mumkin, dedi jurnalistlarga avtokonserni rahbari Maksim Sokolov.Sokolovning aytishiga ko‘ra, "AvtoVAZ" davlat idoralarining yangi modelga bo‘lgan talabiga umid qilmoqda. Shuningdek, kompaniya avtomobil yuqori darajada mahalliylashtirilgan bo‘lishini hamda uni nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish, balki undan lizing, ijara va transport xizmatlari ko‘rsatish shaklida ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Sochidagi ko‘rgazmada, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda ishlab chiqarilgan "AvtoVAZ" mahsulotlari ham taqdim etildi. Masalan, "Lada Granta", "Lada Vesta SV Kross" kabi. 2021-yilda Qozog‘istonning Kostanay shahridagi "SariarkaAvtoProm" MChJ korxonalarida "Lada" avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2022-yil oxirida 6000 dan ortiq "Lada" avtomobillari yig‘ildi. Jizzax shahrida 2021-yilda "Lada X-ray Cross", "Lada Largus", "Lada Vesta SV" avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35817228_174:0:2905:2048_1920x0_80_0_0_e82a9ae90eff92a68f008f4fb0554b48.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lada vesta aura avtovaz yangi model avtomobil mashina
lada vesta aura avtovaz yangi model avtomobil mashina
"AvtoVAZ" "Lada Vesta"ning yangi modelini taqdim etdi
16:28 08.06.2023 (yangilandi: 16:47 08.06.2023) Kuzovi uzaytirilgan va komfort darajasi oshirilgan avtomobil birinchi navbatda davlat idoralari uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sochida bo‘lib o‘tayotgan "Yevroosiyo — bizning uyimiz" ko‘rgazmasi doirasida "AvtoVAZ" konserni "Lada Vesta"ning yangi modelini taqdim etdi. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Lada Vesta Aura" — bu "Lada Vesta"ning 25 sm ga uzaytirilgan versiyasi bo‘lib, uning orqa o‘rindig‘ida joy ancha kengaygan. Ushbu model birinchi navbatda amaldorlar va turli davlat tuzilmalari uchun foydalanishi mumkin, dedi jurnalistlarga avtokonserni rahbari Maksim Sokolov.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtomobil 122 ot kuchiga ega, 1,8 litrli dvigatel, avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan. Shuningdek, uning saloni ikki xil rangda sifatli ishlangan. Avtomobil zavoddan yuqori sifatli audiosistema bilan jihozlanadi. Rossiya ixtisoslashgan OAVari xabariga ko‘ra "Lada Vesta Aura"ning narxi taxminan 2 mln rubl (25 000 dollar) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Sokolovning aytishiga ko‘ra, "AvtoVAZ" davlat idoralarining yangi modelga bo‘lgan talabiga umid qilmoqda. Shuningdek, kompaniya avtomobil yuqori darajada mahalliylashtirilgan bo‘lishini hamda uni nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish, balki undan lizing, ijara va transport xizmatlari ko‘rsatish shaklida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Sochidagi ko‘rgazmada, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda ishlab chiqarilgan "AvtoVAZ" mahsulotlari ham taqdim etildi. Masalan, "Lada Granta", "Lada Vesta SV Kross" kabi. 2021-yilda Qozog‘istonning Kostanay shahridagi "SariarkaAvtoProm" MChJ korxonalarida "Lada" avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2022-yil oxirida 6000 dan ortiq "Lada" avtomobillari yig‘ildi. Jizzax shahrida 2021-yilda "Lada X-ray Cross", "Lada Largus", "Lada Vesta SV" avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan edi.