https://oz.sputniknews.uz/20230607/yandeks-moskva-haydovchisiz-taksi-35791831.html
“Yandeks” Moskvada haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi
“Yandeks” Moskvada haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Robotaksi sinov tariqasida Yasenovo tumanida har kuni ertalab soat 7 dan tungi soat 1 gacha ishlaydi. “Yandeks Go” ilovasida safarga buyurtma berish mumkin
2023-06-07T18:21+0500
2023-06-07T18:21+0500
2023-06-08T11:34+0500
rossiya
moskva
yandeks taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35795334_0:182:3064:1906_1920x0_80_0_0_5a216ee3411b3b63e88a9c88a606bf31.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. “Yandeks” sinov tariqasida Moskvaning Yasenovo tumanida haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.“Yandeks” Moskvada robotaksi ochdi – avtomobillar buyurtmasini sun’iy intellekt boshqaradigan xizmat. Robotaksi sinov tariqasida Yasenovo tumanida har kuni ertalab soat 7 dan tungi soat 1 gacha ishlaydi. “Yandeks Go” ilovasida safarga buyurtma berish mumkin”, - deyilgan xabarda.Sinovda birinchi bo‘lib loyiha saytida ariza bergan foydalanuvchilar qatnashishadi. Keyin boshqalar ham bu xizmatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Robotaksi hozir faqat bir nafar yo‘lovchini oladi. 18 yoshdan kattalar mashinaga buyurtma berishlari mumkin. Har qanday safar 100 rubl bo‘ladi.Shu bilan birga qonunga muvofiq mashinada safar xavfsizligini kuzatib boruvchi sinovchi haydovchi bo‘ladi.“Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35795334_612:10:3064:1849_1920x0_80_0_0_e66cd387bd3218adb983788854e030e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“yandeks” moskva haydovchisiz taksi
“yandeks” moskva haydovchisiz taksi
“Yandeks” Moskvada haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi
18:21 07.06.2023 (yangilandi: 11:34 08.06.2023) Moskvaning Yasenovo tumani aholisi haydovchisiz taksi xizmatidan foydalanishni boshladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. “Yandeks” sinov tariqasida Moskvaning Yasenovo tumanida haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati
xabar bermoqda. “Yandeks” Moskvada robotaksi ochdi – avtomobillar buyurtmasini sun’iy intellekt boshqaradigan xizmat. Robotaksi sinov tariqasida Yasenovo tumanida har kuni ertalab soat 7 dan tungi soat 1 gacha ishlaydi. “Yandeks Go” ilovasida safarga buyurtma berish mumkin”, - deyilgan xabarda.
Sinovda birinchi bo‘lib loyiha saytida ariza bergan foydalanuvchilar qatnashishadi. Keyin boshqalar ham bu xizmatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Robotaksi hozir faqat bir nafar yo‘lovchini oladi. 18 yoshdan kattalar mashinaga buyurtma berishlari mumkin. Har qanday safar 100 rubl bo‘ladi.
Shu bilan birga qonunga muvofiq mashinada safar xavfsizligini kuzatib boruvchi sinovchi haydovchi bo‘ladi.
“Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi.