“Wizz Air” Samarqand — Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tish"Wizz Air Abu Dhabi" samolyoti, arxiv surat
Wizz Air Abu Dhabi samolyoti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 7 ta reysgacha oshirmoqchi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi Samarqand — Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar berdi.
Aviakompaniya Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 7 ta reysgacha oshirmoqchi. Ayni paytda aviatashuvchi haftada uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
19 iyundan boshlab “Wizz Air” dushanba kuni ham Samarqandga parvozlarni boshlaydi, 1-avgustdan esa seshanba, payshanba va shanba kunlari ham parvozlar jadvaliga qo‘shiladi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus A320/321 samolyotlarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Aviatashuvchi Abu-Dabi — Toshkent — Adu-Dabi yo‘nalishida ham har kuni reyslarni amalga oshirib kelmoqda.
“Wizz Air” 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022-yil iyul holatiga ko‘ra, “Wizz Air” aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat.
Yangiliklar lentasi
0