https://oz.sputniknews.uz/20230607/ukraina-tolyatti-odessa-ammiak-quvurini-portlatib-yubordi-35794495.html
Ukraina Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi
Ukraina Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Tolyatti-Odessa ammiak quvuri va Kaxovka GESining portlatilishi Rossiya tomonidan "Don bitimini" uzaytirish ehtimolini nolga tenglashtiradi.
2023-06-07T19:25+0500
2023-06-07T19:25+0500
2023-06-08T13:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
terrorchi
terrorchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35794286_1:0:600:337_1920x0_80_0_0_c9614d213aba1190786559fc6c1da824.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Ukrainalik diversantlar Xarkov viloyatida Tolyatti - Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.Rossiya Mudofaa vazirligi sodir bo‘lgan voqea terrorchilik harakati deb atadi.Mudofaa vazirligi tinch aholi orasida qurbonlar borligini, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganini qayd etdi. Rossiyalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.“Hozirda Ukraina hududidan ammiak qoldiqlari quvurning shikastlangan uchastkalari orqali oqib chiqilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.Ma’lumot uchun, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri 1970-yillarning oxirida qurilgan, birinchi bosqichi 1979-yil oktabr oyida ishga tushirilgan. U orqali yiliga 2,5 million tonnaga yaqin xomashyo Odessaga yetkazib berilar va u yerdan portlar orqali eksport qilinar edi. Ammiak tranziti 2022-yil 24-fevralda to‘xtatilgan. Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT ishtirokidagi don bitimi doirasida ushbu ammiak quvurini ham ishga tushirish nazarda tutilgan edi, lekin shu vaqtga qadar bu amalga oshmadi. Quvur portlatilganidan so‘ng esa don bitimining ushbu qismi mutlaq amalga oshmasligi aniq bo‘ldi. Bunday vaziyatda Rossiya ushbu shartnomani to‘xtatib qo‘yishi ehtimoli keskin oshadi. UPD. Rossiya tomon xabariga ko‘ra Tolyatti-Odessa ammiak quvurining Rossiya hududidan o‘tgan qismi shikastlanmagan. Portlash Ukraina hududida sodir bo‘lgan. Ayni damda quvur Rossiya chegarasida yopib qo‘yilgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35794286_95:0:544:337_1920x0_80_0_0_445373c4a9a2fe528bce906604fdcf34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ammiak quvuri kaxovka rossiya don bitimini ukraina tolyatti odessa
ammiak quvuri kaxovka rossiya don bitimini ukraina tolyatti odessa
Ukraina Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi
19:25 07.06.2023 (yangilandi: 13:32 08.06.2023) Tolyatti-Odessa ammiak quvuri va Kaxovka GESning portlatilishi Rossiya tomonidan "Don bitimini" uzaytirish ehtimolini nolga tenglashtiradi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Ukrainalik diversantlar Xarkov viloyatida Tolyatti - Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. RIA Novosti
xabariga asosan.
“5 iyun kuni Moskva vaqti bilan 21:00 atrofida Xarkov viloyati Masutovka qishlog‘i hududida ukrain diversion-razvedka guruhi Tolyatti-Odessa ammiak quvurini portlatib yubordi”, — deyiladi harbiy departament xabarida.
Rossiya Mudofaa vazirligi sodir bo‘lgan voqea terrorchilik harakati deb atadi.
Mudofaa vazirligi tinch aholi orasida qurbonlar borligini, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganini qayd etdi. Rossiyalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.
“Hozirda Ukraina hududidan ammiak qoldiqlari quvurning shikastlangan uchastkalari orqali oqib chiqilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Ma’lumot uchun, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri 1970-yillarning oxirida qurilgan, birinchi bosqichi 1979-yil oktabr oyida ishga tushirilgan. U orqali yiliga 2,5 million tonnaga yaqin xomashyo Odessaga yetkazib berilar va u yerdan portlar orqali eksport qilinar edi. Ammiak tranziti 2022-yil 24-fevralda to‘xtatilgan.
Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT ishtirokidagi don bitimi doirasida ushbu ammiak quvurini ham ishga tushirish nazarda tutilgan edi, lekin shu vaqtga qadar bu amalga oshmadi. Quvur portlatilganidan so‘ng esa don bitimining ushbu qismi mutlaq amalga oshmasligi aniq bo‘ldi. Bunday vaziyatda Rossiya ushbu shartnomani to‘xtatib qo‘yishi ehtimoli keskin oshadi.
UPD. Rossiya tomon xabariga ko‘ra Tolyatti-Odessa ammiak quvurining Rossiya hududidan o‘tgan qismi shikastlanmagan. Portlash Ukraina hududida sodir bo‘lgan. Ayni damda quvur Rossiya chegarasida yopib qo‘yilgan.