Toshkent elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kutiladi — manzillar

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filialiElektr energiyasi
Elektr energiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Bugun va 8-iyunga qadar Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkentda 7-8 kunlari ayrim joylarda elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda "Hududiy elektrtarmoqlari" xabar berdi.
Bugun soat 07:00 dan 8-iyun soat 08:00 ga qadar Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Tuzel” podstansiyasining quvvati oshiriladi.
Shu sababli, qo‘yidagi hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi:
Yashnobod tumanining “Jarboshi” MFYning Abay, Serikbayev ko‘chalari hududida va “Tashisti” MFYning Iqbol va Tuzel ko‘chalari hududi;
Mirzo Ulugbek tumanining “Chingeldi”, “Temuriylar”, “Iqtidor”, “Geofizika”, “Ijodkor”, “Pastkiyuz”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Gulzorobod” va “Alisherobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlari.
Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish va o‘rnatish choralari uchun 30 nafardan ortiq mutaxassislar, zarur 5 dan ortiq maxsus transport vositalari jalb etiladi.
Yangiliklar lentasi
0