AQShda o‘zga sayyora kosmik kemalari bor - sobiq razvedkachi

NLO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq razvedkachi Grash: AQShda kelib chiqishi yer sayyorasiga yot bo‘lgan kosmik kemalar mavjud.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. AQSh hukumati yashirin harbiy dastur doirasida o‘zga sayyora kosmik kemalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda AQSh Milliy geofazoviy razvedka agentligi sobiq xodimi va Harbiy havo kuchlari veterani Devid Grash "NewsNation" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bular <...> kelib chiqishi yer sayyorasiga yot bo‘lgan texnik transport vositalari, agar xohlasangiz, ularni kosmik kemalar deb atang, yerga qo‘ngan yoki halokatga uchragan ekzotik transport vositalaridir”, – degan fikrni bildirdi Grash.

Sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra, unga “hukumatning kuchli himoya ostidagi ba’zi sirlari” ishonib topshirilgan. Uning ta’kidlashicha, Amerika hukumati o‘nlab yillar davomida o‘zga sayyoraliklar kemalarini ta’mirlab kelgan.
Ammo Grash milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu borada biron bir dalil taqdim etishdan bosh tortdi.
May oyi oxirida Stenford universiteti professori Garri Nolan Nyu-Yorkda mazkur mavzu doirasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada o‘zga sayyoraliklar allaqachon Yerga tashrif buyurganini va odamlar ularga duch kelganini, biroq kim bilan muloqotga kirganini tushuna olmaganligini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0