Migrantlar farzandlariga rus tili bepul o‘rgatiladi

© Sputnik / Nina ZotinaRossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada migrantlar bolalariga maktabgacha rus tilini o‘rgatish o‘quv dasturlari tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik, Mixail Vorobyov. Rossiyadagi migrantlar bolalarning 50 - 75% rus tilini yaxshi bilmaydi yoki umuman gapirmaydi, dedi 7-iyun kuni Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rahbari Valeriy Fadeyev Russia Today nashriga.
“Rossiyada qonun shundayki, bu yerda yashovchi barcha bolalar, hatto fuqaroligi bo‘lmaganlar ham maktabga borish huquqiga ega. Lekin ular rus tilini bilmasa qanday o‘qishi mumkin?", - dedi amaldor.
Ombudsmanning fikricha, bunday bolalarni maktabga qabul qilib bo‘lmaydi, ularga birinchi navbatda rus tilini maktab dasturini o‘zlashtira oladigan darajada o‘rgatish kerak.
“Bu bolalar huquqlarining buzilishi emas. Aksincha. Bu har qanday bolaning maktabga borish va umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarishga urinishdir", - dedi Fadeyev.
Ta’lim vazirligi ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha faol ishlamoqda, rus tilini o‘rgatish uchun maxsus kurslar yaratilmoqda.
“Ehtimol, qonunchilikda o‘zgarishlar bo‘lar, balkim ularga rus tilini o‘qitish majburiy bo‘lar. Lekin bu bepul bo‘ladi. Bola maktabga kirgunga qadar rus tilini bepul o‘rganadi”, - deydi u.
Bu bolalar boradigan maktab o‘qituvchilari rus tili kurslari ishida qatnashishi kerak, deb hisoblaydi O‘HK rahbari.
“Bizning taklifimiz shuki, bolalar o‘qiydigan maktab o‘qituvchilari yo maxsus kurslarda o‘qib, bolalarga rus tilini o‘rgatsin, albatta, yoki hech bo‘lmaganda imtihonlarda qatnashsin”, - deydi u.
Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, shunda o‘qituvchilar ham bolalarning rus tilini yaxshi o‘rganishi va maktab o‘quv dasturini o‘zlashtira olishidan manfaatdor bo‘ladi.
Ayrim migrantlar oilalarida farzandlarining maktabga borishiga to‘sqinlik qiladigan holatlar ham mavjud, deydi amaldor.
“O‘g‘il bolalar Qur’on yod olmaguncha maktabga borishlari mumkin emas. Qizlarga ota-onalari tomonidan maktabga borishga ruxsat berilmaydi, chunki ular ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z vataniga qaytib, u yerda turmushga chiqishi kerak bo‘ladi”, — dedi matbuot anjumanida Kengash a’zosi Yekaterina Smoroda.
Migrant oilalardagi barcha bolalar maktabga borishini ta’minlash kerak, deya xulosa qildi Fadeyev.
Yangiliklar lentasi
0