https://oz.sputniknews.uz/20230607/maxachqala-yodgorlik-35780347.html
Maxachqal’ada o‘zbek quruvchilariga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
Maxachqal’ada o‘zbek quruvchilariga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Yodgorlik O‘zbekiston SSR quruvchilari tomonidan qurilgan “Uzbekgorodok” mikrorayonida joylashgan.
2023-06-07T13:45+0500
2023-06-07T13:45+0500
2023-06-07T14:33+0500
o‘zbekiston
rossiya
dog‘iston
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30981983_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_d63fc48f2851eb89ea0515cf8d6400f3.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a shahrida o‘zbek quruvchilariga bag‘ishlangan obelisk ochildi. Bu haqda shahar hokimi Yusup Umavov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.Yodgorlik O‘zbekiston SSR quruvchilari tomonidan qurilgan “Uzbekgorodok” mikrorayonida joylashgan.Dog‘istonning bir qancha shaharlarini vayron qilgan va o‘nlab odamlarni boshpanasiz qoldirgan dahshatli zilziladan so‘ng, butun SSSRdan kelgan ishchilar Maxachqal’aga to‘plana boshladi. Ilk guruhlardan biri O‘zbekiston SSRdan kelgan guruh bo‘lgan.Zilziladan bir oy o‘tib, 600 ga yaqin o‘zbekistonlik ishchi poyezdda Maxachqal’aga yetib kelgan, ular o‘zlari bilan qurilish ishlari uchun maxsus texnika olib kelgan. O‘zbekistonliklar noldan yetti uydan iborat yangi turar-joy va bolalar bog‘chasi qurishni boshlagan.Yodgorlikning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safayev boshchiligidagi vakillar ishtirok etdi.“1966 yilda bizda dahshatli fojia yuz berganda dog‘istonliklar ham xalqimizga yordam berishga katta hissa qo‘shgan. Shu kungacha shahrimizdagi ko‘chalardan biri Dagestanskaya deb ataladi”, - dedi Safoyev o‘z nutqida.
o‘zbekiston
dog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30981983_16:0:2740:2043_1920x0_80_0_0_3879d01d1f156f806ad72a954260e84e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maxachqal’a yodgorlik
Maxachqal’ada o‘zbek quruvchilariga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi
13:45 07.06.2023 (yangilandi: 14:33 07.06.2023) Yodgorlik O‘zbekiston SSR quruvchilari tomonidan qurilgan “Uzbekgorodok” mikrorayonida joylashgan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a shahrida o‘zbek quruvchilariga bag‘ishlangan obelisk ochildi. Bu haqda shahar hokimi Yusup Umavov o‘zining Telegram kanalida
ma’lum qildi. Yodgorlik O‘zbekiston SSR quruvchilari tomonidan qurilgan “Uzbekgorodok” mikrorayonida joylashgan.
“Arxitektura obyekti 1970-yilda Dog‘istonda sodir bo‘lgan zilziladan keyin katta yordam ko‘rsatgan qardosh xalqqa hurmat sifatida qurildi”, - deb yozadi Umavov.
Dog‘istonning bir qancha shaharlarini vayron qilgan va o‘nlab odamlarni boshpanasiz qoldirgan dahshatli zilziladan so‘ng, butun SSSRdan kelgan ishchilar Maxachqal’aga to‘plana boshladi. Ilk guruhlardan biri O‘zbekiston SSRdan kelgan guruh bo‘lgan.
Zilziladan bir oy o‘tib, 600 ga yaqin o‘zbekistonlik ishchi poyezdda Maxachqal’aga yetib kelgan, ular o‘zlari bilan qurilish ishlari uchun maxsus texnika olib kelgan. O‘zbekistonliklar noldan yetti uydan iborat yangi turar-joy va bolalar bog‘chasi qurishni boshlagan.
“Shaharning paydo bo‘lgan yangi tumani “O‘zbekiston” deb nomlandi, uni maxachqal’aliklar “Uzbekgorodok” deb ataydi”, — dedi Umavov.
Yodgorlikning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safayev boshchiligidagi vakillar ishtirok etdi.
“1966 yilda bizda dahshatli fojia yuz berganda dog‘istonliklar ham xalqimizga yordam berishga katta hissa qo‘shgan. Shu kungacha shahrimizdagi ko‘chalardan biri Dagestanskaya deb ataladi”, - dedi Safoyev o‘z nutqida.