Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Konditsioner yaxshi ishlashi uchun nima qilish kerak — mutaxassisdan 10 ta maslahat

Konditsioner - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Konditsionerni o‘rnatishning o‘zi yetarli emas. Undan to‘g‘ri foydalanish va belgilangan tavsiyalarga amal qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Yoz endigina boshlandi, ko‘chada esa havo allaqachon +40 daraja va undan ham yuqori haroratdan iborat. O‘zbekistonliklar jazirama yozga ko‘nikishgan. Sayrga, qoidaga binoan, quyosh botganidan keyin chiqishadi, kun davomida esa favvoralar va konditsionerlar yordam beradi.
Konditsioner issiq kunda ortiqcha muammo hosil qilmasdan, o‘z vazifalarini sifatli bajarishi uchun konditsioner tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis Obidjon Valijonov yoz mavsumiga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.
Misol uchun, mutaxassisning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda – ichki blokning havo filtrlarini changdan tozalash va freon miqdorini tekshirish muhimdir.
Xo‘sh, konditsionerning yaxshi ishlashi uchun nima qilish kerak:
elektr tarmog‘iga to‘g‘ri ulanganligini tekshirish;
konditsionerning ichki blokidan tashqi blokiga kabel ulanishini tekshirish;
suyuqlik tomishi holatlari bor-yo‘qligini tekshirish va topilsa, nosozliklarni bartaraf qilish;
havoni yetarli darajada sovutmayotgan bo‘lsa, freon quyish;
filtrni har oyda bir marta changdan tozalash;
konditsionerning o‘rnatilish sifatini tekshirish – bu uning ishlashiga ham ta’sir qilishi mumkin;
drenaj shlangini tekshirish, u yerda chang, hasharotlar va hokazoalr to‘planishi mumkin, bu esa suv oqimining pasayishiga yoki bekilib qolishiga olib kelishi mumkin;
konditsioner yoqilgan xonadagi derazalar mahkam yopilganligiga ishonch hosil qilish – agar xonaga issiq havo kirsa, qurilma sovitishdan to‘xtaydi;
konditsionerning "terlayotgan"ligini tekshirish, buning sababi freonning yetishmasligi yoki motorning noto‘g‘ri ishlashi bo‘lishi mumkin;
ko‘chada joylashgan tashqi blokni barglar, chang va boshqa ifloslantiruvchi narsalardan o‘z vaqtida tozalash.
Konditsionerni tanlashda hamda uni o‘rnatish rejalashtirilgan xonaning kvadraturasini ham hisobga olish kerak, deb fikr bildirdi mutaxassis. Uskunaning ishlash sifati shunga ham bog‘liq.
Obidjon Valijonov invertor turidagi konditsionerlarni tavsiya qiladi. Ularning afzalliklariga – samaradorlik, elektr-energiyani kam sarflashi, ekologik tozaligi va past shovqin darajasi kiradi.
Yangiliklar lentasi
0