https://oz.sputniknews.uz/20230607/eronning-fattoh-gipertovushli-raketasi-mintaqadagi-kuchlar-muvozanatini-ozgartiradi-35797479.html
Eronning "Fattoh" gipertovushli raketasi mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi
Eronning "Fattoh" gipertovushli raketasi mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi
Sputnik O‘zbekiston
Bu fakt Eronning Yevropa va Osiyodagi mehrsiz qo‘shnilarning qaynoq boshlarini sovutadi va boshqa qit’alarda Tehronga geosiyosiy vazn beradi.
2023-06-07T21:27+0500
2023-06-07T21:27+0500
2023-06-08T13:50+0500
eron
gipertovush qurol
gipertovush
kolumnistlar
mintaqalararo ballistik raketa
aqsh
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35780731_0:155:2976:1829_1920x0_80_0_0_bdac66273a88c88bca8536d3b2beab88.jpg
Eron dunyoda gipertovushli raketalarga ega bo‘lgan to‘rtinchi davlat maqomini rasman tasdiqladi. Bu bilan u uzoq muddatli sanksiyalarning ma’nosizligini isbotladi va G‘arb davlatlaridan birortasi ham gipertovushli qurolga ega emasligini eslatdi. Texnologik tahqirlashning yangi akti AQSh va NATOni ko‘p qutbli dunyoning og‘ir haqiqatiga qaytaradi. Ko‘p qutbli dunyoda o‘z manfaati uchun "qoidalar" o‘rnatib tajovuzkor va jazosiz "gegemon" bo‘lishning imkoni yo‘q. Eronning birinchi gipertovushli raketasi yaratilgani haqidagi ma’lumotlar 2022-yilning noyabrida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Pentagon bunga ishona olmadi. Kecha IRNA agentligi tomonidan tarqatilgan video 44-yildan ortiq vaqt davomida G‘arbning iqtisodiy sanksiyalari bosimi ostida bo‘lgan mamlakatning texnologik yetakchiligi va milliy suverenitetini ishonchli tarzda tasdiqlaydi. Eron gipertovushli qurolga ega mamlakatlar klubining Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreyadan keyin to‘rtinchi a’zosiga aylandi. Bu fakt Eronning Yevropa va Osiyodagi mehrsiz qo‘shnilarning qaynoq boshlarini sovutadi va boshqa qit’alarda Tehronga geosiyosiy vazn beradi.Eronning mudofaa salohiyati avval ham Osiyo mintaqasidagi tajovuzkorlarga (Pentagon bazalari) jazosiz qolishni va’da bermasdi. Eron chegaralari yaqinida joylashtirilgan AQShning "Patiot" havo mudofaa tizimi tezligi 5 Maxgacha bo‘lgan nishonlarni tutib olishga qodir. Tezligi 15max (17 ming km/s) va nishonga urin masofasi 1400 km bo‘lgan parvozda manyovr qiluvchi "Fattoh" raketalari Isroil, Turkiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Pokiston, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator davlatlar hududi bo‘ylab har qanday nishonni atigi 6 daqiqada urishni kafolatlaydi.Tehronning asosiy maqsadi, bu albatta, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik bo‘lib qolmoqda. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kecha milliy xavfsizlikning ustuvor prinsiplarini eslatib o‘tdi: To‘g‘ri - yaxshi kishining mushti baquvvat bo‘lishi kerak. Texnik xususiyatlari va istiqbollariIkkinchi bosqichda qattiq yonilg‘ida ishlaydigan dvigatel yordamida harakatlanuvchi yuqori aniqlikdagi "Fattoh" raketasi potensial dushmanning havo mudofaasi tizimini yengib o‘tish uchun atmosferada 15 max tezlikda manevr qilish imkoniyatiga ega. Raketa korpusi uglerod tolalaridan yasalgan bo‘lib, u radar to‘lqinlarini yutish, dvigatelning infraqizil nurlanishini kamaytirish imkonini yaratadi va raketaning taktik imkoniyatlarini kuchaytiradi.Eronlik ekspertlarning fikricha, oddiy nishonlarni yo‘q qilish uchun "Fattoh"dan foydalanishning hojati yo‘q, gipertovushli raketalar mudofaa va boshqaruv tizimlarini zararsizlantirish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan, qolgan ishni oddiy ballistik raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bajaradi. Eron mudofaa sanoati vakillari raketa qurollarining uzluksiz texnologik rivojlanishi va modernizatsiya qilinishini qayd etishmoqda.Gipertovushli "Fattoh" oxirgi oylarda Eron Islom Respublikasi tomonidan taqdim etilgan ikkinchi yangi raketadir. Avvalroq uchish masofasi 2000 km gacha, jangovar kallakning og‘irligi 1500 kg bo‘lgan o‘rta masofaga mo‘ljallangan "Xorramshahr-4" ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi. "Xorramshahr-4"da suyuq raketa yoqilg‘isini "ampula" shaklida saqlash imkoniyati raketani qisqa vaqt ichida uchishga tayyorlash imkonini beradi.So‘nggi yillarda Eron ataylab zarba beruvchi dronlar va raketalarni ishlab chiqishga asosiy e’tiborini qaratdi, chunki jang maydonida "aqlli" (uchuvchisiz) qurol tizimlarining ahamiyati ortib bormoqda. Bundan tashqari, kuchli raketalar to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchilariga qaraganda ancha arzon.Turli mamlakatlarning raketa sanoati mutaxassislari e’tiborini Eronning 500 km gacha uchuvchi "Fatex-110", 700 kmgacha uchuvchi "Zulfiqor", 1000 gacha zarba beruvchi "Dezful" kabi raketalari ham jalb qilmoqda. Eronda ishlab chiqarilgan yana bir noyob raketa - bu ko‘zga ko‘rinmas "Qiam-1" — zarba masofasi 8000 km gacha, jangovar yuki 750 kg bo‘lgan raketadir. "Qiyam-1" aqlli yo‘l-yo‘riq tizimi dunyoda o‘xshashi yo‘q va uchirish moslamasi mobil bo‘lishi mumkin, shuningdek, kemalar va suv osti kemalarida joylashtirilishi mumkin.Hatto 10-yil oldin ham amerikaliklar Eron harbiy-dengiz kuchlarining kemaga qarshi raketalari - S-601, S-701, S-704, S-802, "Nasr-1" va "Nur", shuningdek masofasi 20 dan 300 km gacha bo‘lgan "Xalij Fars"ning yuqori samaradorligini tan olishgan edi. Eron raketalarining masofasi, aniqligi va kuchi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Eron harbiy qudratining Osiyodagi harbiy-siyosiy vaziyatga ta’siri, albatta, foydali va doimiydir (mart oyida Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi munosabatlarning “aql bovar qilmaydigan” normallashganini eslash kifoya). Obyektiv baholash uchun Eron iqtisodiyoti Rossiya va Xitoyga tayanishini yodda tutish kerak. Rossiya Federatsiyasi va Xitoyga qarshi muntazam ravishda kiritilgan sanksiyalarni hisobga olgan holda o‘zaro bog‘liqlik faqat o‘sib boradi. Eron, shuningdek, 42 mamlakatdan talabalarni jalb qiladigan mukammal ta’lim tizimi va rivojlangan IT sektoriga ega. Qattiq ilmiy va sanoat bazasi gipertovush poygasida muvaffaqiyatga erishish uchun asosdir.Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35780731_166:0:2811:1984_1920x0_80_0_0_4f39170deb240654954371b414067673.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
eron tehrong geosiyosiy vazn raketa gipurtovush fattoh aqsh isroil
eron tehrong geosiyosiy vazn raketa gipurtovush fattoh aqsh isroil
Eronning "Fattoh" gipertovushli raketasi mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi
21:27 07.06.2023 (yangilandi: 13:50 08.06.2023) Bu fakt Eronning Yevropa va Osiyodagi mehrsiz qo‘shnilarning qaynoq boshlarini sovutadi va boshqa qit’alarda Tehronga geosiyosiy vazn beradi.
Eron dunyoda gipertovushli raketalarga ega bo‘lgan to‘rtinchi davlat maqomini rasman tasdiqladi. Bu bilan u uzoq muddatli sanksiyalarning ma’nosizligini isbotladi va G‘arb davlatlaridan birortasi ham gipertovushli qurolga ega emasligini eslatdi. Texnologik tahqirlashning yangi akti AQSh va NATOni ko‘p qutbli dunyoning og‘ir haqiqatiga qaytaradi. Ko‘p qutbli dunyoda o‘z manfaati uchun "qoidalar" o‘rnatib tajovuzkor va jazosiz "gegemon" bo‘lishning imkoni yo‘q.
Tehron 6-iyun kuni 1400 km masofani bosib o‘tishga qodir bo‘lgan "Fattoh" ("G‘alaba" - forschada) gipertovushli ballistik raketasini rasman taqdim etdi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Aerokosmik kuchlari 29-may kuni yangi raketa sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Eronning birinchi gipertovushli raketasi yaratilgani haqidagi ma’lumotlar 2022-yilning noyabrida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Pentagon bunga ishona olmadi. Kecha IRNA agentligi tomonidan tarqatilgan
video 44-yildan ortiq vaqt davomida G‘arbning iqtisodiy sanksiyalari bosimi ostida bo‘lgan mamlakatning texnologik yetakchiligi va milliy suverenitetini ishonchli tarzda tasdiqlaydi. Eron gipertovushli qurolga ega mamlakatlar klubining Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreyadan keyin to‘rtinchi a’zosiga
aylandi. Bu fakt Eronning Yevropa va Osiyodagi mehrsiz qo‘shnilarning qaynoq boshlarini sovutadi va boshqa qit’alarda Tehronga geosiyosiy vazn beradi.
Eronning mudofaa salohiyati avval ham Osiyo mintaqasidagi tajovuzkorlarga (Pentagon bazalari) jazosiz qolishni va’da bermasdi. Eron chegaralari yaqinida joylashtirilgan AQShning "Patiot" havo mudofaa tizimi tezligi 5 Maxgacha bo‘lgan nishonlarni tutib olishga qodir. Tezligi 15max (17 ming km/s) va nishonga urin masofasi 1400 km bo‘lgan parvozda manyovr qiluvchi "Fattoh" raketalari Isroil, Turkiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Pokiston, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator davlatlar hududi bo‘ylab har qanday nishonni atigi 6 daqiqada urishni kafolatlaydi.
Tehronning asosiy maqsadi, bu albatta, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik bo‘lib qolmoqda. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kecha milliy xavfsizlikning ustuvor prinsiplarini eslatib o‘tdi:
“Biz dushmanlar tomonidan hujumga uchramaslik, dushmanlar xayolida bizga nisbatan hech qanday bosqinchilik g‘oyalari paydo bo‘lishini oldini oladigan kuchga ega bo‘lish uchun ushbu raketani yaratdik.”
To‘g‘ri - yaxshi kishining mushti baquvvat bo‘lishi kerak.
Texnik xususiyatlari va istiqbollari
Ikkinchi bosqichda qattiq yonilg‘ida ishlaydigan dvigatel yordamida harakatlanuvchi yuqori aniqlikdagi "Fattoh" raketasi potensial dushmanning havo mudofaasi tizimini yengib o‘tish uchun atmosferada 15 max tezlikda manevr qilish imkoniyatiga ega. Raketa korpusi uglerod tolalaridan yasalgan bo‘lib, u radar to‘lqinlarini yutish, dvigatelning infraqizil nurlanishini kamaytirish imkonini yaratadi va raketaning taktik imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Eronlik ekspertlarning fikricha, oddiy nishonlarni yo‘q qilish uchun "Fattoh"dan foydalanishning hojati yo‘q, gipertovushli raketalar mudofaa va boshqaruv tizimlarini zararsizlantirish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan, qolgan ishni oddiy ballistik raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bajaradi. Eron mudofaa sanoati vakillari raketa qurollarining uzluksiz texnologik rivojlanishi va modernizatsiya qilinishini qayd etishmoqda.
Gipertovushli "Fattoh" oxirgi oylarda Eron Islom Respublikasi tomonidan taqdim etilgan ikkinchi yangi raketadir. Avvalroq uchish masofasi 2000 km gacha, jangovar kallakning og‘irligi 1500 kg bo‘lgan o‘rta masofaga mo‘ljallangan "Xorramshahr-4" ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi. "Xorramshahr-4"da suyuq raketa yoqilg‘isini "ampula" shaklida saqlash imkoniyati raketani qisqa vaqt ichida uchishga tayyorlash imkonini beradi.
So‘nggi yillarda Eron ataylab zarba beruvchi dronlar va raketalarni ishlab chiqishga asosiy e’tiborini qaratdi, chunki jang maydonida "aqlli" (uchuvchisiz) qurol tizimlarining ahamiyati ortib bormoqda. Bundan tashqari, kuchli raketalar to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchilariga qaraganda
ancha arzon.Turli mamlakatlarning raketa sanoati mutaxassislari e’tiborini Eronning 500 km gacha uchuvchi "Fatex-110", 700 kmgacha uchuvchi "Zulfiqor", 1000 gacha zarba beruvchi "Dezful" kabi raketalari ham jalb qilmoqda.
Eronda ishlab chiqarilgan yana bir noyob raketa - bu ko‘zga ko‘rinmas "Qiam-1" — zarba masofasi 8000 km gacha, jangovar yuki 750 kg bo‘lgan raketadir. "Qiyam-1" aqlli yo‘l-yo‘riq tizimi dunyoda o‘xshashi yo‘q va uchirish moslamasi mobil bo‘lishi mumkin, shuningdek, kemalar va suv osti kemalarida joylashtirilishi mumkin.
Hatto 10-yil oldin ham amerikaliklar Eron harbiy-dengiz kuchlarining kemaga qarshi raketalari - S-601, S-701, S-704, S-802, "Nasr-1" va "Nur", shuningdek masofasi 20 dan 300 km gacha bo‘lgan "Xalij Fars"ning yuqori samaradorligini tan olishgan edi. Eron raketalarining masofasi, aniqligi va kuchi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Ana shunday qurolga ilk bor duch kelgan Vashington darhol orqaga chekingan edi. O‘shanda Tehron KSIR rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban Amerikaning Iroqdagi bazalaridan biriga zarba bergan edi.
Eron harbiy qudratining Osiyodagi harbiy-siyosiy vaziyatga ta’siri, albatta, foydali va doimiydir (mart oyida Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi munosabatlarning “aql bovar qilmaydigan” normallashganini eslash kifoya). Obyektiv baholash uchun Eron iqtisodiyoti Rossiya va Xitoyga tayanishini yodda tutish kerak. Rossiya Federatsiyasi va Xitoyga qarshi muntazam ravishda kiritilgan sanksiyalarni hisobga olgan holda o‘zaro bog‘liqlik faqat o‘sib boradi. Eron, shuningdek, 42 mamlakatdan talabalarni jalb qiladigan mukammal ta’lim tizimi va rivojlangan IT sektoriga ega. Qattiq ilmiy va sanoat bazasi gipertovush poygasida muvaffaqiyatga erishish uchun asosdir.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling.