Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Artyomovskda Ukrainaning sakkizta hujumi qaytarildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishArtemovsk markazidagi "Vagner" askarlari.
Artemovsk markazidagi Vagner  askarlari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari kun davomida Ukrainaning Artyomovsk yo‘nalishida amalga oshirgan 8 ta, Vremevskiy bo‘rtig‘ida 3 ta hujumini qaytardi. Dushman katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘tgan uch kunda keng ko‘lamli hujumga qaramasdan, jiddiy muvaffaqiyatga erisha olmagan Ukraina Qurolli kuchlari 7-iyun kuni Artyomovsk mudofaasini yorib o‘tishga harakat qildi.
Artyomovskning g‘arbiy chekkasi, Yagodnoe, Dubovo-Vasilevka, Andreyevka, Orexovo-Vasilevka, shuningdek, Klesheyevka aholi punkti hududlarida UQKning 56-moto-piyoda, 57-mexanizatsiyalashgan brigadalari sakkiz marotaba hujumga o‘tishga urinishlari "Janub" qo‘shinlar guruhi tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi. Artyomovsk va Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman o‘z maqsadiga erisha olmadi.
O‘tgan sutka davomida Ukraina qurolli kuchlarining 415 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, to‘qqizta zirhli jangovar texnika, oltita boshqa texnika, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Vremevskiy bo‘rtig‘ida ham dushmanning uchta hujumi qaytarildi. Ukraina armiyasining ikkita batalon taktik guruhlari tomonidan DXRning Neskuchnoe, Novodoneskoe va Zaporojye viloyatining Levadnoe aholi punktlari hududlariga amalga oshirilgan hujumlar Rossiyaning "Sharq" qo‘shinlar guruhi tomonidan qaytarildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida o‘tgan sutka davomida 190 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, 8 ta tank, shu jumladan, Fransiyada ishlab chiqarilgan ikkita AMX-10 g‘ildirakli tanki, 20 ta zirhli jangovar mashinasi, 12 ta texnikasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, D-20 va D-30 gaubitsalari va "Giatsint-B" to‘pi yo‘q qilindi.
Rossiya havo mudofaa kuchlari tomonidan o‘tgan sutka dvomida:
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining bitta Su-27 va bitta MiG-29 qiruvchi samolyoti urib tushirildi;
AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS, "Uragan" va "Olxa" reaktiv tizimlarining 24 ta raketasi tutib olindi;
DXRning Donesk, Verxnetoreskoe, Gornyak, LXRning Verxnekamenka, Kremennaya, Makiivka, Ilchenkovo, Zaporojye viloyati Injenernoe, Xerson viloyatiniing Golaya Pristan aholi punktlarida Ukrainaning 22 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 438 ta samolyot, 238 ta vertolot, 4527 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa majmuasi, 9634 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1119 ta ko‘p raketali tizimlar, 5034 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10771 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0