Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina uch kun davom etgan hujumdan katta talofatlar ko‘rdi — Shoygu

© Sputnik / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Uch kun davom etgan qarshi hujumda Ukraina 3715 nafar harbiy xizmatchi, 52 ta tank, 207 zirhli jangovar mashina yo‘qotdi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Uch sutka davom etgan Kiyev rejimining qarshi hujumi dushmanga hech qanday ijobiy natijalar olib kelmadi, dedi Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Ukraina Qurolli kuchlari frontning turli bo‘laklarida uzoq vaqtdan beri va’da qilingan qarshi hujumga o‘tdi va buning uchun katta miqdordagi texnika va ko‘p sonli askarlardan foydalandi.
4 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlarining 23- va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalari qo‘shinlari besh yo‘nalishda hujum uyushtirishga harakat qilishdi. Lekin dushman ularning hech birida muvaffaqiyatga erisha olmadi, katta yo‘qotishlarga duch kelib, chekinishga majbur bo‘ldi. Bu hujumlarda UQK 300 nafar harbiy xizmatchi, 16 ta tank, 26 ta zirhli jangovar mashina, 14 ta mashina yo‘qotdi.
5 iyun kuni Kiyev rejimi beshta brigada qo‘shinlari bilan yetti yo‘nalishda hujum uyushtirdi. Hujum to‘xtatildi, UQK yanada jiddiy yo‘qotishlarga duch keldi: 1600 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 28 ta tank, shu jumladan, 8 ta "Leopard", 3 ta "AMX-10" Fransiya g‘ildirakli tanklari, 136 ta boshqa harbiy texnika, shu jumladan, 79 ta xorijiy texnika yakson qilindi.

"Takror aytaman, dushman o‘z maqsadiga erisha olmadi, katta va beqiyos yo‘qotishlarga duch kelib chekinishma majbur bo‘ldi", - dedi Shoygu.

Ukraina qarshi hujumini qaytarishda Rossiya Qurolli kuchlari askar va zobitlari mardlik va qahramonlik ko‘rsatdi. Xususan, 127-motoo‘qchilar diviziyasiga qarashli 433-motoo‘qchilar polki, 37 va 60-motoo‘qchilar brigadalari bo‘linmalari janglarda alohida ajralib turishdi.
Kichik leytenant Yuriy Yuryevich Jelanov qo‘mondonligidagi 37-motoo‘qchilar brigadasining 3-rotasi va shu brigadaning 1-bataloni komandiri mayor Vladimir Vladimirovich Polojensev alohida qahramonlik ko‘rsatdi.
Ushbu bo‘linmalar asosiy hujum yo‘nalishida turib, o‘z pozitsiyalarini qat’iy himoya qildi va dushmanning 37-dengiz piyodalari brigadasining ustun qo‘shinlariga sezilarli talofatlar berdi. Qamal qilish tahdidi ostida kichik leytenant Jelanov yarador bo‘lib, o‘z vzvodini oldindan jihozlangan mudofaa pozitsiyalariga olib bordi va u yerda dushman bo‘linmalarini muvaffaqiyatli to‘xtatdi.
Operativ-taktik armiya aviatsiyasi ham dushmanni qaytarishga munosaib hissa qo‘shdi. Ular 50 ta tankga qarshi boshqariladigan raketalar yordamida dushmanning 5 ta tanki va 29 ta boshqa zirhli jangovar texnikasini yo‘q qilishdi.
Ukraina yo‘qotishlari. Umumiy hisobda uch kun davom etgan qarshi hujumda Ukraina qurolli kuchlari 3715 nafar harbiy xizmatchi, 52 ta tank, 207 zirhli jangovar mashina, 134 ta mashina, 5 ta samolyot, 2 ta vertolot, 48 dala artilleriya quroli va 53 ta uchuvchisiz apparatlarni yo‘qotdi.
Rossiya yo‘qotishlari. Afsuski, Rossiya armiyasi ham yo‘qotishlarga duch keldi. Dushman hujumini qaytarish jarayonida jami 71 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, 210 nafari yaralandi. Rossiya 15 ta tank, 9 ta BMP, 2 ta avtomobil va 9 ta to‘plarini yo‘qotdi.

Kiyev terrorchiligi

O‘tgan tunda Kiyev rejimi yana bir terrorchilik jinoyatini sodir etdi: Kaxovskaya GES inshootlari portlatib yuborildi, bu esa katta hududlarni suv bosishiga olib keldi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hujum operatsiyalarida muvaffaqiyatga erisha olmagan dushman o‘z qo‘shinlarini boshqa yo‘nalishlarga ko‘chirishi bilan bir vaqtda Xerson yo‘nalishida mudofaaga o‘tmoqda. Ular Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida mudofaa inshootlari qurishni allaqachon boshlagan.
Suv omborini portlatishdan maqsad — Rossiya armiyasining hujumini qiynlashtirish, uning oldini olish. Aslida esa Kiyev rejimining bu harakati katta hududlarni suv bosishiga va uzoq muddatli ekologik oqibatlarga olib keldi. Buni terrorchilik harakati deyish mumkin.
Ustiga ustak, so‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev rejimi Dnepropetrovsk GESdan ham suv oqimini sezilarli darajada oshirgan. Bu esa quyi hududlarni yanada ko‘proq suv bosishiga olib keladi. Ushbu fakt Kiyev rejimi tomonidan oldindan rejalashtirilgan keng ko‘lamli qo‘poruvchilikdan dalolat beradi, dedi Sergey Shoygu.
Yangiliklar lentasi
0