https://oz.sputniknews.uz/20230606/toshkent-elektrobus-cobalt-yth-35762883.html
Toshkentda elektrobus va “Cobalt” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: qurbon bor
Toshkentda elektrobus va “Cobalt” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: qurbon bor
Sputnik O‘zbekiston
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avariya 6-iyun kuni soat 15:20 larda Do‘rmon yo‘li-G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. “Cobalt” svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib, elektrobusning old yon qismiga urilgan.
2023-06-06T19:13+0500
2023-06-06T19:13+0500
2023-06-07T07:55+0500
hodisalar
toshkent
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35762354_0:0:1100:619_1920x0_80_0_0_08ac33d829ea75058a00e2a1a99aa574.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida “Yutong” rusumli elektrobus va “Cobalt” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avariya 6-iyun kuni soat 15:20 larda Do‘rmon yo‘li-G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. “Cobalt” svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib, elektrobusning old yon qismiga urilgan.Poytaxt YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 2003-yilda tug‘ilgan “Cobalt” haydovchisi halok bo‘lgan, mashinadagi yo‘lovchi esa tan jarohati olgan.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan (“Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov davom etmoqda. Avvalroq 5-iyun kuni Yakkasaroy tumanida “Yutong” rusumli elektrobus va ikki mashina ishtirokida YTH yuz bergani xabar qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35762354_95:0:1007:684_1920x0_80_0_0_3bec45d984668ac8386eb13b6c0deb9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent elektrobus “cobalt” yth
toshkent elektrobus “cobalt” yth
Toshkentda elektrobus va “Cobalt” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: qurbon bor
19:13 06.06.2023 (yangilandi: 07:55 07.06.2023) “Cobalt” svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib, elektrobusning old yon qismiga urilgan.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida “Yutong” rusumli elektrobus va “Cobalt” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, avariya 6-iyun kuni soat 15:20 larda Do‘rmon yo‘li-G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. “Cobalt” svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib, elektrobusning old yon qismiga urilgan.
Poytaxt YHXB axborot xizmatining
ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 2003-yilda tug‘ilgan “Cobalt” haydovchisi halok bo‘lgan, mashinadagi yo‘lovchi esa tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan (“Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq 5-iyun kuni Yakkasaroy tumanida “Yutong” rusumli elektrobus va ikki mashina ishtirokida YTH yuz bergani
xabar qilingan.