Nemis tanklari yana rus yerlarida yonmoqda

© AP Photo / JOERG SARBACHGermaniyaning "Leopard 2 A6" tanklari. Arxiv surat
Germaniyaning Leopard 2 A6 tanklari. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Uch kun davom etgan qarshi hujumda Ukraina 2000 dan ortiq askar, 28 ta tank, 136 ta boshqa harbiy texnika yo‘qotdi.
Ukrainaning "qarshi hujumi" rejaga muvofiq rivojlanmayapti — Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining marshdan tortib to jangovar tuzilmalargacha bo‘lgan joylashtirish liniyalarida ishchi kuchi va zirhli texnikasini samarali yo‘q qilmoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlari bir sutkada (5 iyun) faqat bitta Janubiy Donesk yo‘nalishida 1500 dan ortiq ukrainalik askarni Banderani yoniga jo‘natdi, 28 ta tank, jumladan Germaniyada ishlab chiqarilgan sakkizta "Leopard"ni, shuningdek, Fransiyada ishlab chiqarilgan uchta AMX-10 g‘ildirakli zirhli mashinalarni yoqib yubordi. Yana Amerikaning "Bradley" BMPlari va 109 boshqa jangovar zirhli transport vositalari ham yo‘q qilindi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining G‘arbda ishlab chiqilgan zirhli transport vositalarining katta qismi Rossiya Aerokosmik kuchlarining hujum va armiya aviatsiyasi tomonidan yo‘q qilindi. "Leopard"lardan biri Rossiyaning "Lanset" kamikadze-droni yordamida yo‘q qilingan.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin 6-iyun kuni ertalab mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Rossiya bo‘linmalari Vremevskiy bo‘rtig‘i hududida dushmanni ortga qaytargani va uning pozitsiyalaridagi muhim tepaliklarni egallab olgani haqida xabar berdi.
Bu yerda, DXR va Zaporoje viloyati tutashgan joyida, 4-5 iyun kunlari Ukraina Qurolli Kuchlarining asosiy sa’y-harakatlari bo‘lib o‘tgan. Ular beshta brigada (jami 20 ming askarga yaqin) kuchlari bilan hujumga o‘tishga harakat qilishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yongan "Leopardlar" UQKning 33-mexanizatsiyalashgan brigadasiga qarashli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya QK 6-iyunga o‘tar kechasi Ukraina havo hujumidan mudofaa obyektlari, arsenallari, armiya shaxsiy tarkibi va Kiyev, Jitomir, Pavlograd va boshqa hududlardagi chet eldan olib kelingan harbiy texnikani saqlash joylariga raketa zarbalari bergan edi. Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Avdeyevka va Mariinka sektorlarida muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. Ular Xarkov viloyatidagi Kupanskga yaqinlashgan, Xerson viloyatida Ukraina desanti tushirishga urinishini to‘xtatishgan. Ukraina Qurolli Kuchlarining "qarshi hujumi" muvaffaqiyatsiz boshlanishi fonida Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining (GUR) terrorchilik faoliyati kuchaymoqda.
Rossiya FXX Ivanovo viloyatidagi Severniy aerodromida Ukraina harbiy razvedkasi radioaktiv “iflos bombalar” yordamida uyushtirmoqchi bo‘lgan teraktning oldini olganini ma’lum qildi.
Donbassdagi rus qo‘shinlari guruhining kuchlari va vositalarini chalg‘itish maqsadida Belgorod yo‘nalishida Polsha-Ukraina qo‘poruvchilik guruhlarini yorib o‘tishga muvaffaqiyatsiz urinishlar davom etmoqda. 6-iyunga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Xerson viloyatidagi Kaxovka GES to‘g‘onini AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimi zarbalari bilan vayron qildi - quyi oqimdagi bir nechta aholi punktlarini suv bosdi. Kiyev rejimining omon qolishi uchun (xorijiy moliyalashtirishni davom ettirish) global miqyosdagi falokat kerak. Biroq, qirg‘oq bo‘yidagi aholi punktlarini suv bosish darajasi juda muhim emas va aholi 72 soat ichida o‘z uylariga qaytishlari mumkin. Rosatomning ta’kidlashicha, Kaxovka suv ombori to‘g‘onining buzilishi Zaporojye atom elektr stansiyasi faoliyatiga ta’sir qilmaydi — reaktorlarni sovutish uchun rezervuar va muqobil manbalardan to‘ldiriladigan maxsus hovuzlar mavjud.

AQSh va NATO uchun tuzoq

Ikki kun ichida Ukraina Qurolli Kuchlari 2000 dan ortiq askar va zobitini, o‘nlab G‘arb zirhli texnikasini yo‘qotdi va bu hali boshlanishi. Gretsiyaning "DefenceNet" nashri Ukraina hujumining muvaffaqiyatsizligini ta’kidladi: "Brigadalar metallolom uyumlariga aylanmoqda". Va bu metallolom NATOning Ukraina qo‘shinlarini tayyorlash oqibatlaridir.

Kremlning bayonotlarisiz ham G‘arb Kaxovka GESni portlatish bu — faqat Kiyevga foyda keltirishini bilishadi: "Ukraina "qarshi hujumi" o‘xshamay qoldi. Rossiyaga bundan hech qanday foyda yo‘q, axir to‘g‘onning buzilishi Qrimni suvsiz qoldirishi mumkin. Lekin suv sathi kamayishi keyinchalik Ukraina qo‘shinlari harakatini yengillashtirishi mumkin".

Ukraina manbalariga ko‘ra, UQK suv sathi pasayganidan so‘ng Zaporojye AESidan Kaxovka GES oralig‘ida hujumga o‘tishi mumkin. Ularning ahborotiga ko‘ra bu hududda Rossiya himoya istehkomlari unchalik baquvvat emas. Undan tashqari, Ukrainada haligacha Rossiyada raketalar va snaradlar tugab qolishi, askarlar jangovar ruhi tushib ketishi va qo‘mondonlik boshqaruvi susayishiga umid qilishmoqda.
Lekin, og‘riqli haqiqatga qaytish muqarrar. AQSh prezidentligiga to‘rtta asosiy nomzoddan uchtasi Amerikaning Ukraina mojarosiga aralashuviga qarshi. "The Hill" qayd etishicha: “AQSh rasmiylari Ukrainada hujumga o‘tib, muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan narsa borligini aytishadi, biroq ular bundan katta umid qilmayotganini ham aytishmoqda”. Alyans Ukraina Qurolli Kuchlarining 12 ta yangi brigadasini (jami 50 mingga yaqin jangchi) tayyorlashda yordam berganiga qaramay, Pentagon rahbari Lloyd Ostin NATO taktikasi ustunligiga unchalik ishonmaydi va “Ukrainadagi urush natijalari noaniqligi” haqida gapirmoqda". AQSh armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Millli Ukraina Qurolli kuchlarining "qarshi hujumi" muvaffaqiyatiga bir xil darajada ishonchsiz qaraydi.
Amerikaning "The Drive" nashri vaziyatni lo‘nda tasvirlaydi: "Ukraina Qurolli Kuchlarining juda tez va muvaffaqiyatli operatsiyasi Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi quruqlik yo‘lidan uzib qo‘yadi... Bu esa Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tashqi bosimni kuchaytiradi. Muvaffaqiyatsiz yoki to‘xtab qolgan operatsiya Kiyev umid qilayotgan o‘nlab milliard dollarlik xalqaro xavfsizlik yordamini xavf ostiga qo‘yishi mumkin”, - deyiladi nashrda Albatta, ikkinchi variant hayotga yaqinroqdir.
Avvalroq "The Guardian" nashri Ukraina Qurolli kuchlarining 3-hujum brigadasi Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tganiga qaramay, “qarshi hujum”ga yetarlicha tayyorlanmagani haqida xabar bergan edi. Ukraina qo‘mondonligi jangchilarni qayta tayyorlashni tashkil qilishi kerak. Darhaqiqat, doimiy qo‘shinlar bilan to‘qnashuv jangovar tajribasiga ega bo‘lmagan Britaniya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlarining zaxiradagi askarlariga nimaniyam o‘rgatishi mumkin? Savol ritorikdir.
G‘arb, har ehtimolga qrashi "Ukraina loyihasi"ni sekingina daf qilish uchun hozirdan mafkuraviy asos tayyorlamoqda.
AQShning yirik nashri "The New York Times" Ukrainani fashistlar Germaniyasi bilan taqqoslab, ko‘plab o‘xshashliklar va umumiy belgilar "topdi". Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 5-iyun kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgandan so‘ng, NATO Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini boshlash uchun “Rossiyadan signal kutayotganini" aytdi. Albatta, Rossiyaga G‘arb shartlari bo‘yicha muzokaralar kerak emas — maxsus operatsiyaning boshidan belgilangan maqsad va vazifalari o‘zgarishsiz.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0