AQSh prezidentligiga nomzod NATOni Ukrainadagi mojaroni qo‘zg‘atishda aybladi

© AP Photo / Olivier MatthysNATO bosh qarorgohidagi bayroqlar, arxiv surat
NATO bosh qarorgohidagi bayroqlar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Ramasvamiga ko‘ra, mojaroni hal qilish doirasida NATO Ukraina ittifoqqa qo‘shilmasligiga va’da berishi kerak.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. NATOning kengayishi Ukrainadagi mojaroning boshlanishiga yagona sababdir, deydi amerikalik tadbirkor, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surishini e’lon qilgan Vivek Ramasvami.

“Men buni aytmaslik kerakligini bilaman, bu aslida haqiqat. NATOning kengayishi falokat bo‘ldi”, - dedi u "Politico" nashriga bergan intervyusida.

Ramasvamiga ko‘ra, mojaroni hal qilish doirasida NATO Ukraina ittifoqqa qo‘shilmasligiga va’da berishi kerak. Shu bilan birga, tomonlarning pozitsiyalari “Koreya urushi uslubida” muzlatilishi, Kiyev va Moskva esa sulh bo‘yicha kelishuv tuzishi kerak. Shu bilan birga, siyosatchi Koreya yarimorolidagi kabi Ukraina hududida ham harbiy ishtirok mavjudligiga qarshi chiqdi.
Shu bilan birga, prezidentlikka nomzod Rossiyaga hududiy imtiyozlar evaziga Xitoy armiyasi bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni to‘xtatish, Kaliningraddan yadro qurolini olib chiqish va G‘arbiy yarimshardagi harbiy ishtirokidan voz kechishni taklif qildi.
Asli hindistonlik biznesmen Vivek Ramasvami fevral oyida prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qildi. Siyosatchi Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lish huquqi uchun sobiq prezident Donald Tramp, Florida gubernatori Ron Desantis va AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli bilan kurashishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0