Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kichik Kennedi Ukrainaning yo‘qotishlari sonini ma’lum qildi

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkraina harbiylari, arxiv surat
Ukraina harbiylari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Kennedining so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati va Kiyev rasmiylari ataylab Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlarining haqiqiy sonini ma’lum qilmaydi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining front chizig‘idagi yo‘qotishlari 350 ming kishini tashkil etadi, dedi AQSh prezidenti lavozimiga da’vogar kichik Robert Kennedi “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

“Hozir front chizig‘ida 350 ming kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor. Bu haqda bizga aytishmaydi”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati va Kiyev rasmiylari ataylab Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlarining haqiqiy sonini ma’lum qilmaydi. Bundan tashqari, AQSh prezidentligiga da’vogarning fikricha, AQSh rasmiylari Ukrainadagi mojaroning asl sababi haqidagi haqiqatni ham aytmaydi.
“Oq uydagi neokonservatorlar 10-yildan beri bu urushni qo‘zg‘atmoqda. Va ular har qanday tinchlik muzokaralari va bu mojaroni hal qilishga urinishlarni e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda. Bularning barchasi ruslarni charchatish uchun qilinmoqda”, - dedi u.
O‘tgan yilning noyabrida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning yo‘qotishlari soni 100 mingdan ortiq askarni tashkil qilganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0