Voyaga yetmagan jinoyatchilarga "sudlanmagan" maqomi berilishi mumki

© Pexels / EKATERINA BOLOVTSOVASudeyskiy molotok
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Endi 18 yoshga to‘lmagan shaxslar sodir etgan jinoyati uchun "sudlanmagan" deb hisoblanishi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati bir oyga tushirilishi mumkin.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng sudlanmagan deb hisoblanishi kutilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Qayd etilishicha, jinoyat qonunchiligida shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligining tugallanishiga oid alohida norma mavjud emas.
Deputatlar taklif etayotgan qonun loyihasi bilan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin "sudlanmagan" deb hisoblanishi belgilanmoqda. O‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno.

"Bunday norma jinoyat oqibatlari shaxsning kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosinnig eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirib, voyaga yetmaganlarning hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda yangitdan boshlashiga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0