https://oz.sputniknews.uz/20230606/janubiy-koreya-osiyo-chempionati-ozbekistonlik-atletlar-35757653.html
O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
2023-06-06T18:02+0500
2023-06-06T18:02+0500
2023-06-07T07:54+0500
sport
o‘zbekiston
janubiy koreya
chempionat
bronza medal
kumush medal
oltin medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35757751_0:14:1280:735_1920x0_80_0_0_7c12bc2ce5dfb6a1e4b2e64cd285a236.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. Bugungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Shuningdek, o‘n kurashchilar Nodir Norboyev (6956 ochko) hamda Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini jamg‘arishdi.Ushbu kun dasturidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘argan medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda. Bu bilan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35757751_166:0:1069:677_1920x0_80_0_0_b4e245530f64c587d2fdd2093e592cc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston delegatsiyasi
o‘zbekiston delegatsiyasi
O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritdi
18:02 06.06.2023 (yangilandi: 07:54 07.06.2023) O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. Bugungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya
xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonlik atletlar orasida Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 m), Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m), Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402), O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash, 5130 ochko) o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Shuningdek, o‘n kurashchilar Nodir Norboyev (6956 ochko) hamda Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini jamg‘arishdi.
Ushbu kun dasturidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘argan medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda. Bu bilan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.