Bu yil haj ziyorati necha pulga tushadi

Obuna bo‘lish
2023 yilda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida haj ziyorati necha pulga tushadi? Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Saudiya Arabiston 2023-yilga haj mavsumida O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3 mingta ko‘p.
O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ziyorat uchun to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilangan.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, turli mamlakatlarda haj ziyorati narxi turlicha bo‘lishi sababi bor. Bunga ko‘p jihatdan ziyoratchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi ta’sir qiladi. Masalan, mehmonxona 3, 4 yoki 5 yulduzli bo‘lishi mumkin, ovqatlanish xarajatlari, shuningdek, ziyoratchilarga ko‘rsatilayotgan boshqa xizmatlar miqdori bilan belgilanadi. Misol uchun, o‘zbekistonlik ziyoratchilarga alohida oshpazlar, kuzatib boruvchilar va shifokorlar guruhi xizmat ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda haj ziyoratiga boruvchilar 4-iyundan 19-iyunga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov orqali amalga oshiriladi. Parvozlar 10 ta hududiy aeroportlardan – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus va Navoiy shaharlaridan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0