AQSh “Islom davlati”* va “Al-Qoida”*ni faol qo‘llab-quvvatlamoqda — Lavrov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Lavrov: AQSh Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishidan manfaatdor emas, “IShID”* va “Al-Qoida”*ni qo‘llab-quvvatlamoqda.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. AQSh Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishidan manfaatdor emas, "Islom davlati"* va "Al-Qoida"* terrorchi guruhlarini qo‘llab-quvvatlamoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"AQSh Afg‘onistonda qolayotgan “IShID”* va "Al-Qoida"* va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa terrorchilik tuzilmalarini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Maqsad oddiy: Afg‘oniston tinchlanishiga yo‘l qo‘ymaslik", - dedi u Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Afg‘onistondagi beqarorlashtiruvchi jarayonlar”ni davom ettirish AQSh manfaatlariga mos keladi, Vashington Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga harbiy infratuzilmani qaytarish g‘oyasidan voz kechmayapti.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashiklotlari
Yangiliklar lentasi
0