“UzAirways” Toshkentdan Grozniyga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Said TsarnaevGorod Grozniy, Chechnya
Gorod Grozniy, Chechnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Checheniston poytaxtiga muntazam parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Grozniy shahriga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Checheniston poytaxtiga muntazam parvozlar 6-iyundan boshlanadi.
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta, dushanba/seshanba va payshanba/juma kunlari (ortga qaytuvchi resylar keyingi kunga o‘tadi) amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0