Qashqadaryoda “Damas” daraga ag‘darilib ketdi - 3 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Kecha, 4-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa soat taxminan 07:20 larda sodir bo‘lgan. “Damas” rusumli avtomobil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Kattao‘ra MFY Kon qishlog‘i hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yo‘nalishining 38 kilometrida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Oqibatda avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0