Poytaxtning ikki tumanida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

© www.pexels.comLampa nakalivaniya
Lampa nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Soat 18:00 ga qadar Bektemir, Chilonzor tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir, Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar o‘chirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Bektemir tumani Iykota MFYning Orasta, Fazilat, Muborak, Zartuproq ko‘chalari;
Chilonzor tumani Bog‘iston, Lutfiy ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
Yangiliklar lentasi
0