Birinchi MO Millatlar kubogida O‘zbekiston TJ tarkibi e’lon qilindi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston “A” guruhidan joy olgan, legionerlar Shomurodov, Masharipov, Fayzullayev terma jamoa tarkibida.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan o‘tkazilayotgan birinchi millatlararo musobaqasida (CAFA Nations Cup) ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi.
Srechko Katanes turnirga 27 nafar futbolchini chaqirgan. Ro‘yxatda Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan ikki o‘yinchi – Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovlarni ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, legionerlardan Eldor Shomurodov (“Spetsiya”), Jaloliddin Masharipov (“An-Nasr”), Bobur Abduxoliqov (“Ordobasi”), Igor Sergeyev (“Tobol”), Otabek Shukurov (“Fatih Karagümrük”), Hojimat Erkinov (“Torpedo”), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novgorod”) singari o‘yinchilar chaqirilgan.
To‘liq tarkib quyidagicha:
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSostav sbornoy Uzbekistana na CAFA Nations Cup
Sostav sbornoy Uzbekistana na CAFA Nations Cup - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqa 10—20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Tojikiston, Turkmaniston va O‘mon bilan birga “A” guruhidan joy olgan. Guruhdagi o‘yinlar Toshkentda o‘tkaziladi. "V" guruhida Qirg‘iziston, Eron va Afg‘oniston o‘z o‘yinlarini Bishkekda o‘tkazadi.
“Oq bo‘rilar” turnirdagi dastlabki uchrashuvni 11-iyun kuni O‘monga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 20:30 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0