https://oz.sputniknews.uz/20230605/ozbekiston-prezidentligi-nomzodlar-35684449.html
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilosovich Inoyatovni, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
2023-06-05T11:42+0500
2023-06-05T11:42+0500
2023-06-05T12:43+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458575_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_3f82c73c809085dde1fd724467fff823.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.MSKning ekspert guruhlari joriy yil 31-may – 2-iyun kunlari 4 ta siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan fuqarolarning nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini saylov qonunchiligi talablariga qat’iy amal qilgan holda tekshirgan.Barcha 4 ta siyosiy partiya to‘plagan imzo varaqalari ular tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun yetarli miqdorda hamda qonunchilik talablariga mos ekanligi to‘g‘risida xulosaga kelingan.Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2023-yil 7-iyundan boshlanadi.Majlisda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 9 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining 39 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.Eslatib o‘tamiz, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458575_301:29:2865:1952_1920x0_80_0_0_3ef05e4098e9323c57b4789911fbe1e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar prezident saylovi 2023
o‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar prezident saylovi 2023
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
11:42 05.06.2023 (yangilandi: 12:43 05.06.2023) Siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzod O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.
MSKning
ekspert guruhlari joriy yil 31-may – 2-iyun kunlari 4 ta siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan fuqarolarning nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini saylov qonunchiligi talablariga qat’iy amal qilgan holda tekshirgan.
Barcha 4 ta siyosiy partiya to‘plagan imzo varaqalari ular tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun yetarli miqdorda hamda qonunchilik talablariga mos ekanligi to‘g‘risida xulosaga kelingan.
“Majlisda Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilosovich Inoyatovni, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Mahmudovani hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayevni O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.
Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2023-yil 7-iyundan boshlanadi.
Majlisda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 9 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining 39 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni
bo‘lib o‘tadi.