https://oz.sputniknews.uz/20230605/ozbekiston-harorat-35685856.html
Quruq va issiq: O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
Quruq va issiq: O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
Sputnik O‘zbekiston
Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo +37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda +41-42 darajagacha isiydi.
2023-06-05T12:31+0500
2023-06-05T12:31+0500
2023-06-05T14:36+0500
jamiyat
o‘zgidromet
ob-havo
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zbekiston bo‘ylab ob-havo prognozi
ob-havo prognozi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/596/25/5962563_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_999128e0460ed5e229ed46dc8a9100e8.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.5-9 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo +37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda +41-42 darajagacha isiydi.Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu haftada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 7-8 iyunda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Poytaxtda 5-9 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat hafta boshida +35-37 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 38-40 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/596/25/5962563_50:0:844:596_1920x0_80_0_0_1a083c41640dd3b26a05e39015b8d262.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston harorat
Quruq va issiq: O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
12:31 05.06.2023 (yangilandi: 14:36 05.06.2023) Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo +37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda +41-42 darajagacha isiydi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda
O‘zgidromet xabar berdi.
5-9 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo +37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda +41-42 darajagacha isiydi.
Bunday harorat iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqori hisoblanadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu haftada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 7-8 iyunda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 5-9 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat hafta boshida +35-37 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 38-40 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.