https://oz.sputniknews.uz/20230605/ozbek-dori-vositalari-35692330.html
O‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan — Teshaboyev
O‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan — Teshaboyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda so‘nggi 5-yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
2023-06-05T15:05+0500
2023-06-05T15:05+0500
2023-06-06T11:14+0500
o‘zbekiston
forum
toshkent
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_973fcf60246875576db953b8b95724d4.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Yaqin yillarda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish va o‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan forumda ma’lum qildi.Bugun Toshkentda II Xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi. Mazkur forum O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus va boshqa mamlakatlar farmatsevtika sanoati yetakchilarini birlashtirgan professional xalqaro maydondir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_3bd8416caee255ccb6df8d0d9251d47b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston dori
O‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan — Teshaboyev
15:05 05.06.2023 (yangilandi: 11:14 06.06.2023) O‘zbekistonda so‘nggi 5-yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Yaqin yillarda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish va o‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan forumda ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda so‘nggi 5-yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, ularning 65 tasi xorijiy investorlar ishtirokida yaratildi. Natijada farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobarga, eksport 5 barobarga oshdi. Hozir sanoatda 7000 dan ortiq ishchi band qilingan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘simlik xomashosi asosida 30 ga yaqin original yuqori samarali dori vositalari ishlab chiqildi. Keyingi yillarda bu farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish va o‘zbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan”, — dedi Xurram Teshaboyev.
Bugun Toshkentda II Xalqaro farmatsevtika
forumi boshlandi. Mazkur forum O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus va boshqa mamlakatlar farmatsevtika sanoati yetakchilarini birlashtirgan professional xalqaro maydondir.