Nukus voqealari ishi bo‘yicha 8 nafar mahkum ozod etildi

© Press-slujba Verxovnogo suda UzbekistanaNukus voqealari ishi bo‘yicha 8 nafar mahkum ozod etildi
Nukus voqealari ishi bo‘yicha 8 nafar mahkum ozod etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 6 nafar sudlanuvchiga tayinlangan jazo muddatlari ham qisqartirildi. Sudlanuvchi D. Tadjimuratovga tayinlangan jazo o‘zgartirilmadi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Oliy sudda 2022-yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm ustidan keltirilgan shikoyatlar ko‘rib chiqildi va Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
16 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari hukm ustidan shikoyat qilgan edi. Prokuratura tomonidan esa hukmning 4 nafar sudlanuvchiga oid qismiga nisbatan protest keltirilgan edi.
Oliy sudning 2023-yil 5-iyundagi ajrimiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi quyidagicha o‘zgartirildi:
hukmning marhum P. Shamshetovga jazo tayinlashga oid qismi bekor qilindi. Shu bilan birga vafot etgan P. Shamshetovga tegishli bo‘lgan Nukus shahridagi J. Seitova ko‘chasida joylashgan 32-uy Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari qo‘llanilgan holda marhumning merosxo‘rlariga qaytarilishi belgilandi;
B. Kadirbergenov, S. Medetov, B. Seytniyazov, Q. Seytimov, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar qanoatlantirildi.
Bunga ko‘ra
B. Kadirbergenovga tayinlangan 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
B. Seytniyazovga tayinlangan 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
S. Medetovga tayinlangan 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
Q. Seytimovga tayinlangan 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
P. Nurniyazovga tayinlangan 4-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
S. Kalimovga tayinlangan 6-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
N. Sultamuratovga tayinlangan 3-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 3-yil ozodlikni cheklash jazosiga;
A. Temirxanovga tayinlangan 6-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi.
"Ularning ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan chegirilib, barchasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi", - deyilgan xabarda.
D. Djiyemuratov, N. Nayipov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, A. Tokimbetov, A. Adilbekov va ularning himoyachilarining shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.
Bunga ko‘ra
D. Djiyemuratovga tayinlangan 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6-yil;
A. Tokimbetovga tayinlangan 8-yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil 6 oy;
A. Adilbekovga tayinlangan 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil;
N. Nayipovga tayinlangan 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 4-yil;
R. Bekmuratovga tayinlangan 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6-yil;
S. Kaipovga tayinlangan 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirildi.
Birinchi instansiya sudi hukmining L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan prokuror protesti rad qilinib, ularga tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi.
D. Tajimuratov va uning himoyachilarining shikoyatlari qanoatlantirilmasdan, sud hukmining unga oid qismi esa o‘zgarishsiz qoldirildi.
Shuningdek, sud O‘zbekiston Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llagan holda jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan A. Turdanov, A. Smetullayev, N. Nayipov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, Q. Seytimov, A. Adilbekovga tegishli mol-mulklar Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishi belgilandi.
Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Yangiliklar lentasi
0