Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.
Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Qatar amirining O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25-yildan ziyod tarixida birinchisi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0