Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 5-iyunning asosiy voqealari

© Sputnik / Dmitriy Makeyev / Mediabankka o‘tishMaxsus operatsiya: 5-iyunning asosiy voqealari
Maxsus operatsiya: 5-iyunning asosiy voqealari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari 4-iyun kuni amalga oshirgan qarshi hujumi ular uchun hech qanday ijobiy natija olib kelmadi. Dushman 300ga yaqin qurbonlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida so‘nggi kunda sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Mudofaa vazirligining hisoboti:
Janubiy Donesk yo‘nalishida 4-iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari keng ko‘lamli hujumga urinishdi. Hujumda UQK tomonidan oltita mexanizatsiyalashgan va ikkita tank batalonlari ishtirok etdi.
"Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari DXRning Neskuchnoe va Zaporoje viloyatining Novodarovka aholi punktlari hududlarida dushmanga havo va artilleriya zarbalari berdi. Natijada ushbu yo‘nalishda bir sutkada 300 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 16 ta tank, 26 ta zirhli jangovar texnika va 14 ta texnika yo‘q qilindi. Dushman "qarshi hujumi" qaytarildi.
Belgorod viloyatiga terrorchilar hujumi. Ukraina diversion kuchlari Severskiy Dones darosini kechib o‘tib, Novaya Tavoljanka aholi punktida joylashib olmoqchi bo‘lishdi. FSB 4-iyun kuni ikkita Ukraina terrorchi guruhining urinishini bartaraf etdi.
Kiyev rejimining terrorchi tuzilmalari G‘arbiy harbiy okrugi Davlat chegarasi qo‘riqlash bo‘linmalarining havo zarbalari va artilleriya o‘qlari natijasida yo‘q qilindi.
Belgorod viloyatida janglar natijasida 10 dan ortiq terrorist, ikkita qayiq va bitta zirhli mashina yo‘q qilindi. Bundan tashqari, UQKning beshta minomot vzvodlari, "Grad" reaktiv tizimi Polshada ishlab chiqarilgan ikkita "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, Kotlyarovka va Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 90 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Malinovka qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 60-motoo‘qchilar brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Lugansk Xalq Respublikasining Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Molchanovo, Olshana, Berestovoe va Orlyanka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari bostirildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlari guruhi Lugansk Xalq Respublikasining Nevskoe, Donesk Xalq Respublikasining Yampolovka va Serebranka aholi punktlari hududlarida dushmanning 65 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, "Msta-B" va D-20 gaubitsalari, shuningdek, "Nona-S" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Lugansk Xalq Respublikasining Kuzmino posolkasi hududida Ukraina razvedka-diversiya guruhi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Mariinkaning markaziy qismidagi "Axmat" maxsus kuchlari otradi, shuningdek, Donesk Xalq Respublikasining Avdeyevka hududidagi 1-armiya korpusi bo‘linmalari tomonidan faol jangovar harakatlar olib borildi.
"Janub" qo‘shinlar guruhining artilleriya o‘qlari Donesk Xalq Respublikasining Berdichi, Ximik, Pervomayskoe va Kuraxovo aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda janglarda kuniga 425 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BMP, 14 ta texnika, Germaniyada ishlab chiqarilgan "Panzerhaubitze 2000" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Msta-B va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
DXRning Dzerjinsk posolkasi hududida UQKning 24-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida Rossiya artilleriyasining o‘qqa tutishi natijasida bir sutkada 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita pikap, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Xerson viloyatining Nikolskoe qishlog‘i yaqinida 126-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 104 ta pozitsiyada joylashgan 98 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Havo mudofaa kuchlari kun davomida:
DXRning Zakotnoe posolkasi hududida UQKning Su-27 samolyotini urib tushirdi,
8 ta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS va "Uragan" raketalari tutib olindi,
Xarkov viloyatining Shevchenkovo, Olshana, LXRning Zolotarevka, Kremennaya, DXRning Vladimirovka, Kirillovka, Staromlynovka va Xerson viloyatining Zabarino aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 13 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina QK jami 433 ta samolyot, 236 ta vertolot, 4486 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa kompleksi, 9431 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1114 ta ko‘p raketa tizimlar jangovar texnikasi, 5009 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 10688 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0