Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi

© Foto : Xokimiyat Namanganskoy oblastiSezon kokonov nachalsya v Norinskom rayone Namanganskoy oblasti.
Sezon kokonov nachalsya v Norinskom rayone Namanganskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
“Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
“Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2023-yil iyundan hududlarda:
ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pillani xarid qilish, qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yo‘naltirish va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan yangi pillachilik klasterlari;
tut ko‘chatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xomashosini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari ularning konturlarini aniq belgilagan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga, istisno tariqasida, ijara huquqi asosida ajratiladi.
Farmonga ko‘ra, hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilandi.
2023 yil 1-iyundan:
kasanachilar, pillachilik uy xo‘jaliklari hamda fermer xo‘jaliklariga ipak qurti urug‘i va uni parvarishi bilan bog‘liq resurslar bepul beriladi;
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, darolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Farmon bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonalari tashkil etildi.
Shuningdek, 2023-yil yakunigacha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida ipak qurtining mahalliy zotlardan olingan elita urug‘ini tayyorlash naslli urug‘chilik stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0