Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 22 ta medalga ega chiqdi

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaSbornaya Uzbekistana zavoyevala 22 medali na Mejdunarodnoy olimpiade yunix matematikov
Sbornaya Uzbekistana zavoyevala 22 medali na Mejdunarodnoy olimpiade yunix matematikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 70 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Joriy yilning 29-may – 4-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 70 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida mazkur olimpiada ilk marotoba o‘tkazildi. Olimpiadaning birinchi turi yozma, ikkinchi turda esa test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, ishtirokchilar 7 ta oltin, 14 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal sohiblari:
Axtamov Ozod — O‘zbekiston;
Korniiash Fedor — Qirg‘iziston;
Yerkebulanuli Ali — Qozog‘iston;
Zohidjonov Elbek — O‘zbekiston;
Alinur Nessipbek — Qozog‘iston;
Jaylovov To‘lqin — O‘zbekiston;
Sailaubay Bexultan — Qozog‘iston.
Kumush medal sohiblari:
Rahmonov Ziyovuddin — O‘zbekiston;
Didarbekova Anar — Qozog‘iston;
Altinbek Erassil — Qozog‘iston;
Janibek Alihan — Qozog‘iston;
Danial Kurakbay — Qozog‘iston;
Karamat Omar — Qozog‘iston;
G‘afforov Rasul — O‘zbekiston;
O‘razaliyev Sardor — O‘zbekiston;
Zahra Ibishova — Ozarbayjon;
Kadirbergenov Timur — O‘zbekiston;
Diyorov Davronbek — O‘zbekiston;
Abdul-Rahman Mustafo — Tojikiston;
Akeneyev Timur — Qirg‘iziston;
Saparbayev Sultanbek — O‘zbekiston.
Bronza medal sohiblari:
Kuchkarov Shaxzod — O‘zbekiston;
Bogibekov Maxmudjon — O‘zbekiston;
Rafiga Gambarova — Ozarbayjon;
Muxtoraliyev Yorqinjon — O‘zbekiston;
Mamajonov Azizbek — O‘zbekiston;
Sharopov Sino — Tojikiston;
Farhad Huseynov — Ozarbayjon;
Davud Tarverdili — Ozarbayjon;
Boyjonova Dilnura — O‘zbekiston;
Xoltemirov Abdulmalik — O‘zbekiston;
Alaxonov Duraxshon — O‘zbekiston;
Abdullayev Asadbek — O‘zbekiston;
Mo‘minov Muhammadusuf — O‘zbekiston;
Amirov Asilbek — O‘zbekiston;
Usmoni Jamshid — Tojikiston;
Musaxujayev Sultan — Qirg‘iziston;
Sadulloyev Osim — Tojikiston;
Bekchanboyev Munisbek — O‘zbekiston;
Bafoyev Ulug‘xo‘ja — O‘zbekiston;
Safarova Dilnura — O‘zbekiston.
Yangiliklar lentasi
0