Qatar Amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Katara
Flagi Uzbekistana i Katara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish e’tibor markazida bo‘ladi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.
Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Qatar Amirining O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25-yildan ziyod tarixida birinchisi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0