Rasman: PSJ Messining ketishini e’lon qildi

© © press-slujba kluba "PSJ"Lionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Klub Leoga kelajakdagi faoliyatida yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar tilaydi, deyiladi PSJ bayonotida.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” futbol klubi argentinalik hujumchi Lionel Messining jamoadan ketishi haqida rasmiy saytida e’lon qildi.
“Klub Leoga kelajakdagi faoliyatida yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar tilaydi”, - deyiladi PSJ bayonotida.
Messi 2021-yilning yozida erkin agent sifatida Parij klubiga kelib qo‘shilgandi.
U PSJ safida 74 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urdi va 35 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa bilan ikki karra Fransiya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Messi 35 yoshda, u 7 karra “Oltin to‘p” sohibi, 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibi, 10 karra Ispaniya chempioni. Argentinalik dekabr oyida jahon chempioni, 2021-yilda Amerika kubogi sohibiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0