O‘zbekistonga turistlar qanday transport vositasida kelmoqda?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi na odnoy iz ulis Buxari.
Turisti na odnoy iz ulis Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 1 669,4 ming nafari piyoda kelgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2 019,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shundan, havo transportida kelgan sayyohlar 311,2 ming kishini (15,4 %), temir yo‘l orqali kelganlar – 29,1 ming kishini (1,4 %), avtomobil transportida kelganlar – 9,6 ming kishini (0,5 %) tashkil etgan.
Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 1 669,4 ming nafari (82,7 %) piyoda kelgan. Bunda asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, to‘rt oyda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari (623,8 ming nafar) turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0