https://oz.sputniknews.uz/20230604/misr-ozbekiston-dori-vositalar-35674783.html
Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalari partiyasi yetib keldi
Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalari partiyasi yetib keldi
Sputnik O‘zbekiston
“Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
2023-06-04T20:10+0500
2023-06-04T20:10+0500
2023-06-04T20:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/04/35671049_0:0:610:344_1920x0_80_0_0_3a80bd9c89eb1cf23d19b16c9c14de52.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining oltinchi partiyasini Toshkentga bepul yetkazib berdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.Mazkur aksiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Ushbu yukning olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” preparatining birinchi partiyasi yetib kelgan edi.
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/04/35671049_38:0:546:381_1920x0_80_0_0_6e651dc7e02c6b828e3cb55d318cd691.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“daklatasvir” dori vositalari
“daklatasvir” dori vositalari
Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalari partiyasi yetib keldi
“Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining oltinchi partiyasini Toshkentga bepul yetkazib berdi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar bermoqda. Mazkur aksiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Ushbu yukning olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.
Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq “Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” preparatining birinchi partiyasi yetib
kelgan edi.